Xlorofill nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O‘simlik hayvonlardan qaysi asosiy xususiyatiga ko‘ra ajralib turadi? Rangining yashilligidan! Albatta, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, o‘simliklarning aksariyati yashil rangli bo‘ladi. O‘simlikdagi yashil modda — xlorofill hosil berish va yashash uchun 'zarur moddalarni tuproq va havodan oladi. Agar o‘simliklarda bunday xususiyat bo‘lmaganida, inson va hayvonlar ozuqa bo‘lmaganligi tufayli yashay olmasdi. Hatto go‘shtxo‘r hayvonlarning yashashi ham ular uchun ozuqa bo‘ladigan o‘txo‘rlarga bog‘liq. Darhaqiqat, o‘simlikli ozuqa — Yerdagi jami tiriklikning asosidir.
Demak, o‘simlik ozuqasini yetishtiruvchi bu ajoyib yashil modda hayotimiz uchun g‘oyat muhim ekan! Xlorofill barg hujayralari, shuningdek, poya va gullar tarkibida bo‘ladi. Xlorofill yordamida o‘simliklar quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, uning energiyasidan noorganik moddalarni organikka yoki "hayotbaxsh" moddaga aylantiradi. Bu jarayon "fotosintez hodisasi" deyiladi. Yunonchada bu so‘z "nur" va "birlashish"ni anglatadi.
Ayrim o‘simliklarning rangi yashil bo‘lmaydi, ya’ni ular xlorofillsiz yashaydilar. Shunda ular qanday ko‘karadi, dersiz? Qo‘ziqorinlar va boshqa xlorofillsiz o‘simliklar guruhi ozuqani o‘zlari ishlab chiqarmaydi. Shuning uchun ham ular ozuqani boshqa biror bir manbadan olishlari kerak. Boshqa mahsulot hisobidan oziqlanadigan o‘simliklar ilm-fan tilida "parazitlar" deb ham ataladi. Agar ular chirigan o‘simlik va o‘laksa hayvonlar bilan oziqlansa, "saprofitlar" deb yuritiladi. O‘simliklardan ajratib olingan xlorofilldan inson turli maqsadlarda foydalanadi. U ba’zi bakteriyalardan insoniyatni qutqarishda, himoya qilishda kuchli vosita sanaladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80