Xlor nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sof xlor — gaz. Bu g‘oyat zaharli, lekin shu bilan birga, eng foydali modda. Tabiatda xlor turli aralashmalarda, masalan, oddiy osh tuzi (xlorli natriy) tarkibida uchraydi. Sof xlor olish usulini ilk bor 1774 yil shved olimi Karl SHeyel o‘ylab topgan edi. Hozirgi paytda xlor osh tuzi eritmasidan elektr toki o‘tkazish orqali, arzon usulda olinadi.
Birinchi jahon urushida birinchi bor qo‘llangan zaharli gaz tarkibi sof xlordan iborat edi. U 1915 yilning 22 aprelida nemis qo‘shinlari tomonidan qullangan. Keyinchalik barcha qo‘shinlar xlor aralashmasidan iborat zaharli gaz ishlatadigan bulishdi. Ikkinchi jahon urushida esa mamlakatlar zaharli gazning ulkan zaxirasiga ega bo‘lsalar-da, ulardan foydalanmadilar.
Xlor g‘oyat zaharli va xatarli modda bo‘lsa-da, u inson sog‘ligi uchun kurashda eng ishonchli vosita hisoblanadi. U ko‘plab gerbitsid va dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibida mikroblarni yo‘qotadi. Ko‘plab shaharlarning suv tozalash tarmoqlarida bakteriyalarni yo‘qotish uchun xlor ishlatiladi. Bunda million foizli suvning miqdoriga atigi 4-5 foizdangina iborat xlor to‘tri kelad,i. Bu miqdor inson uchun zararli bo‘lmasa-da, ba’zan suvdan xlor ta’mi kelib turadi, Yuqori bosim va sovitish yo‘li bilan xlorni suyultirish mumkin, Suyuq xlor temir idishlar yoki maxsus sisternalarda tashiladi.
Xlor oqartiruvchi poroshoklarni tayyorlash, buyumlarni oqartirishda ham qo‘llaniladi. Xlor, ayniqsa, qogozni oqartirishda keig foydalaniladi. U bo‘yoqlarga ham qushiladi, shuningdek, uning kislorod va kaliy bilan qo‘shilmasidai — mushaklar, gugurtlar ishlab chiqariladi, Portlamaydigan tozalovchi modda — uglerod tetraxlorid ham xlor qo‘shilmasidan iborat. U yana ayrim turdagi o‘t o‘chirish moslamalari tarkibida ham qo‘llaniladi. Shuningdek, xlor zamonaviy antiseptik moddalarning tarkibiy qismida ham mavjud.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80