Xitoy planshetlar savdosida AQShni ortda qoldirdi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Xitoy planshetlar savdosida AQShni ortda qoldirdi Xitoy smartfonlar va planshetlarning asosiy savdo bozoriga aylandi. Shu sabab, Flurry Analytics kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bu borada, ko‘rsatkichlar bo‘yicha AQSH Xitoydan bir oz ortda qolmoqda. Yanvar oyining xisobotiga ko‘ra AQShda 222 milion mobil aloqa vositalari ro‘yxatga olingandi, xitoy esa atigi 1 milion donaga ortda qolayotgandi. O‘shandayoq, mutaxasislar savdo xajmi bo‘yicha, Xitoy ilgarilab borayotgani va smartfon hamda planshetlarning savdosi fevralning birinchi haftalaridayoq ko‘tarilib ketishini bashorat qilishgandi. Bashorat amalga oshdi. AQSH butunlay yetakchilikni qo‘ldan chiqardi va qayta oldinga chiqishning imkoni yo‘q. Sababi oddiy: Amerikada ko‘pi bilan 300 miliondan ziyod axoli yashaydi, Xitoyda istiqomat qilayotganlarning soni esa so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra 1,3 milliard kishidan ortiq. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, Shimoliy Amerika va Yevropaning ba’zi mamlakatlariga qaraganda, Xitoyda bozorning bo‘shab qolishiga xali ancha bor. Smartfon ishlab chiqaruvchilari allaqachon bu yurtga o‘zlarining diqqat e’tiborlarini qaratmoqdalar. Apple kompaniyasining raxbari Tim Kukning mamlakatdagi eng yirik, 700 milion abonentga ega bo‘lgan telekomunikatsion kompaniya China Mobile bilan shartnoma tuzish maqsadida Xitoyga uyushtirgan yaqindagi tashrifi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. O‘zining Xitoy OAVga bergan intervyusida Kuk yaqin kelajakda kunchiqar mamlakat Apple kompaniyasining asosiy savdo markazlaridan biriga aylanishini ta’kidladi. So‘nggi kvartaldagi hisobotlarga ko‘ra Applening Yevropa bozoridagi savdo ko‘rsatkichlari Xitoydagi o‘sish bilan tenglashgan. Masalan, yangi gadjet iPhone 5 telefonlarining birinchi uch kunlik sotuv ko‘rsatkichlariga ko‘ra, xaridorlarning 2 milionini Xitoyliklar tashkil etgan. Qolaversa, mamlakatda Lenovo, ZTE va Huawei singari dunyoning eng yirik 5ta smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan uchtasi joylashgan. Shu bilan birga, Lenovo smartfonlarining 98% aynan Xitoyning o‘zida sotuvga chiqariladi. Ko‘rib turganingizdek, smartfon ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar uchun rivojlanib kelayotgan mamlakat bozorlari navbatdagi jang maydoniga aylandi. Nielsen kompaniyasining so‘ngi bashoratlariga ko‘ra, smartfonlarning navbatdagi yetakchi xaridorlari aynan BRHX (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy) mamlakatlari bo‘lishi mumkin. Ammo shu bilan birga ayni paytda bu mamlakatlardagi ijtimoiy ahvol bir-biridan tubdan farq qiladi. Agar Xitoyda 66% aholi smartfonlarga egalik qilsa, Hindistonda bu har o‘ntadan bir kishiga to‘g‘ri keladi – YA’ne bu 1,2 miliard aholi orasidan faqat 19 milioni smartfonlardan foydalanadi degani. Bu aynan Rossiya va Braziliyaning ko‘rsatkichlari bilan bir xil. iOS yoki Android rusumidagi telefonlardan foydalanish esa ushbu mamlakatlarda 37%, 36% ni tashkil etadi. Flurryning eng tez o‘suvchi smartfonlar savdosi ro‘yxatidan Braziliya ham, Rossiya ham o‘rin ololmadi. Bu ro‘yxatda Kolumbiya peshqadamlik qilmoqda, undan so‘ng Vyetnam, Tursiya i Ukraina bormoqda. Beshlikning so‘ngini esa Misr bozori egalladi. Smartfon ishlab chiqaruvchilari bu mamlakatlarda uzoq vaqt yetakchilik qila oladilarmi, yo‘qmi – buni vaqt ko‘rsatadi. BRHX mamlakatlari, shu jumladan Xitoyda xam ko‘proq abanentlarga ega bo‘lish xuquqi uchun nafaqat eng yirik beshlik telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar balki kichikroq biznes raxbarlari ham kurash olib boradilar. O‘z rejalari haqida Jollaning eks-nokiachilari , Firefox OS ishlab chiqaruvchilari hm e’lon qilishdi. Ular xududiy kompaniyalar bilan bu borada muzokaralar olib borishmoqda. Umuman olganda, bu smartfonlar ko‘p funksiyali, ammo qimmat bo‘lmagan apparatlar bo‘lishi kutilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, badavlat bo‘lmagan aholi qatlami uchun mo‘ljallangan oddiy va arzon smartfonlar avlodi ishlab chiqarish nazarda tutilmoqda.

Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80