Vertolyotni kim ixtiro etgan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qadim zamonlardayoq odamlar uchar apparatlar yaratish haqida orzu qilishgan. Leonardo da Vinchi 1500 yilda parraksimon ulkan vertolyot suratini chizgan, faqat u zamonlarda motor bo‘lmaganligi tufayli uni yaratish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. 1783 yilda Fransiyada "Xitoy pildirog‘i"degan kichkina o‘yinchoq vertolyot namoyish etiladi, ammo uni kim ixtiro etganligi noma’lum. Uyinchoq ustasi Jon Keyl 1796 yilda butda harakatlanuvchi dastlabki o‘yinchoq vertolyotni yaratgan. Keyingi yuz yillikda ko‘plab ixtirochilar vertolyot modellarini yaratish ustida bosh qotirishadi, lekin ularning ba’zilari g‘oyat murakkab, ba’zilari o‘ta sodda bo‘lib, aksariyati parvoz uchun yaroqsiz bo‘lgan. Albatta, hali kuchli motor yaratilmagan davrlarda parvoz qila oladigan vertolyot yaratish imkoniyati bo‘lmagan.
XX asrning birinchi jahon urushi davom etayotgan paytida ana shunday quvvatga ega motorlar ishlab chiqarila boshlangach, vertolyotning mukammal modellarini yaratish imkoniyati tutildi. 1909-1910 yillarda Igor Sikorskiy ikki xil vertolyot loyihasini ishlab chiqdi. Ularning biri odamsiz bo‘lsada, havoga ko‘tarildi. 1917 yilda avstro-vengr qo‘shinining ikki nafar zobiti havodan kuzatuvchi aerostat vazifasini bajaradigan vertolyot yaratishdi. Ammo u balandlikka ko‘tarilgani bilan havoda erkin harakatlana olmas edi. Bir qancha mamlakatlarda vertolyotning mukammal modelini yaratish borasida qator yillar mobaynida olib borilgan qizg‘in izlanishlar kutilgan samara bermadi.
Nihoyat, 1936 yilgakelib Germaniyaning Fokke-Vulf kompaniyasida vertolyotning dastlabki mukammal modeli yaratildi. Ushbu model 1937 yilda 334 metr balandlikka ko‘tarilib, soatiga 70 mil tezlikda Germaniya hududi bo‘ylab uchib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 1940 yilda esa, Sikorskiy yaratgan birnnchi vertolyot ham sinovda a’lo ko‘rsatkichlarga erishdi. 1942 yildan boshlab AQSH harbiy havo floti Sikroskiy vertolyotlar bilan jihozlantirildi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80