Urug‘ nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O‘simliklarni tarqatishning bir yo‘li urut sepishdir. Qushlar o‘z naslini dunyoga keltirish uchun tuxum bosgani kabi o‘simliklar ham o‘ziga monand o‘simliklarning o‘sishi uchun urut yetishtiradilar.
O‘simlik guli changlanishi kerak, changlanmagan urut unib chiqmaydi. Uruglar to‘liq pishib yetilguncha tinch-osoyishtalik davri o‘tadi. Uning qancha davom etishi esa urut xususiyatiga bog‘liq. Shunday uruglar borki, ular qish o‘tmagunicha ko‘karmaydi!
Urutlarning o‘sishi uchun kislorod va issiqlik kerak. Yorug‘lik ham urutning unishiga yordam beradi. Agar urut ma’lum bir vaqt mobaynida unmasa, nobud bo‘ladi. Ekishga mo‘ljallangan urug‘ quruq va muayyan harorat bilan ta’minlangan joyda saqlanishi lozim.
Uruglar hajmi, shakli va rangiga qarab ajratiladi. Turli o‘simliklar uruglari turlicha tuzilishga ega. Ayrim uruglarning mag‘zi uvoqqina bo‘ladi. U tomir otib, mustaqil oziqlangunicha ana o‘shanday tor muhitda yashaydi. Agar uruglar tirik bo‘lib, osoyishtalik davridan o‘tsa, kerakli miqdorda nam, kislorod va issiqlik ta’sirida unib chiqadi. Bu — "unish jarayoni" deyiladi. Nam yetarli miqdorga yetganida .urut o‘sa boshlaydi. Bunda u shishib, hujayralarda kimyoviy o‘zgarish yuzaga kelib, hayot uyg‘onadi, urug‘ tepasida nimtagina o‘simlik tolalari, paylari paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, urug‘ning asosiy qismi o‘simlikka aylanadi. Urut po‘stidan ajralgan o‘simlik yetilib, yangi urug‘ yaratishga qodir kuchga ega bo‘ladi. Uruglar turli xil kattalikda va shaklda bo‘ladi. Begoniya o‘simligining uruglari shunchalik mayda bo‘ladiki, ular hatto chang zarralarini eslatadi. Kokos palmasining urug‘i 18 kilogrammgacha yetadi. Ayrim o‘simliklarning urug‘i bitta tupda yigirmatadan oshmasa, ayrimlariniki (masalan, zarang daraxtiniki) mingtadan ko‘nroq bo‘ladi.
Uruglar turli usullarda atrofga yoyiladi. Ba’zi uruglar, masalan, chakamug‘ uruti hayvonlar juniga ilashib, ayrymlari esa hayvon tuyoqlaridagi balchiq orqali tarqaladi. Mevali daraxtlarning uruglarini o‘zi bilmagan holda inson va hayvonlar tarqatishi mumkin. Ayrim, "qanotli uruglar" shamolda tarqaladi, ayrimlarini suv olib ketadi. Yana ona o‘simliklar tomonidan otib yuboriladigan va shu tariqa hayot sahniga tarqaladigan uruglar ham bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80