Uchar yulduzlar nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Insoniyat ming yillar davomida uchar yulduzlarni kuzatar ekan, ularning nima ekanligi, qayerdaN paydo bulishi haqida ham kup fikr yuritgan. Avvallari odamlar bunday yulduzlar o‘zga olamlardan uchib keladi, deb ham uylashgan. Bugun biz ular umuman yulduz emas, balki meteorlar ekanini yaxshi bilamiz. Ularning tarkibi qattiq jismdan iborat bulib, ba’zilari fazo buylab harakat qilish davomida, Yer atmosferasiga kirib qrladi. Shunda atmosfera qatlamida harakat qiluvchi meteordan yorug iz qolganini kuzatamiz. Meteorlar havoda ishqalanadi, buning natijasida ular o‘zidan issiqlik chiqaradi. Meteorlar hajman kichkina tugmaday yoki bir necha tonnalik bahaybat tepalyakday ko‘rinishga ega bo‘lishi, mumkin. Mutaxassislarning aniqlashicha, bir kecha-kunduz mobaynida Yerga osmondan minglab meteorlar tushar ekan. Ularning aksariyati atmosfera qatlamidayoq yonib, faqat ayrimlarigina yergacha yetib keladi. Yer kurrasining katta qismi okean va dengizlardan iborat bo‘lgani uchun ham meteorlar ko‘pincha usha joylarga tushadi.
Tunlari osmonga boqib, turli yo‘nalishlarda uchayotgan yolg‘iz meteordan tbrtib, oqib,; tushayotgan minglarcha yulduzlarni kuzata olamiz. Atmosferaning yuqori qatlamiga kirib qolgan meteorlar havo bilan ishqalanishi natijasida biz ba’zan "meteor yomg‘iri"ni ham tomosha qilishimiz mumkin. Meteorlar qanday paydo bo‘ladi? Bugungi astronomlarimiz ta’biricha, meteorlar kometalarning qoldiqlaridan paydo bo‘ladi. Kometalar parchalanish natijasida, million-million bo‘laklarga bo‘linib, koinotda meteor oqimi tarzida aylanma chiziq buylab harakat qiladi. Har o‘ttiz uch yilda Yer shari ana shunday meteorlar oqimi chizig‘ini kesib o‘tadi.
Yerga kelib tushgan meteor "meteorit" deb ataladi. U o‘zining yegirlik. kuchi ta’sirida Yerga oqib tushadi. Qadimiy qo‘lyozmalarda eramizning 467 yilida qadimiy Rim shahriga meteorit tushgani qayd etilgan. Bu hodisa shunchalik muhim tuyulganki, uni hatto saroy solnomachilari, muarrixlar ham qayd etganlar.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80