Tuproq qanday paydo bulgan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Yer yuzasida tuproq qatlami bo‘lmaganida edi, inson yashayolmagan bo‘lardi. Negaki tuproqsiz yerda o‘simlik ko‘karmaidi, inson va hayvonlar o‘zlariga ozuqa topolmaydilar.
Tuproq tarkibi — zamin, mayda toshlar, o‘simlik va hayvon tanalarining qoldiqlari va shu kabilardan iborat Yerning o‘simlik ko‘karadigan yumshoq sirtqi qatlami. Tuproq shu tariqa mayda toshlardan, tog jinslaridan, shu yerda ko‘kargan, yashagan, xazonga aylangan o‘simlik va boshqa tirik mavjudotlardan hosil buladi. Eng mustahkam qoyalar ham vaqt utishi bilan yemirila boshlaydi. Tog jinslarining nurashi to‘xtovsiz davom etadi. Tog‘ jinslarining ayrimlarini kimyoviy moddalardan iborat suv eritib, yuvib ketadi ham. Haroratning o‘zgarishi ham tog‘larni yemiradi. Issiq va sovuq qoyadagi yoriqlardan oqib tushayotgan suv, muz, shamol va boshqa tabiat hodisalari va hatto o‘sib turgan daraxtlar ham qoyalarning yemirilishini tezlashtiradi. Qoyadagi yoriqlarga tushgan daraxt uruglaridan ko‘karib chiqqan niholning tomirlari yoriqlarning kengayishiga, toshlarning nurashiga sabab buladi. Nurash jarayonini toshlarni, qum zarralarini va boshqa turli xil narsalarni uchirib yuruvchi shamol yakuniga yetkazadi.
Lekin bularning bari tuproqning yuzaga kelishidagi dastlabki bosqich, xolos. Chinakam tuproq hosil qilish uchun qumga "gumus", ya’ni chirindi qo‘shilishi kerak. Gumus bu — o‘simlik va hayvonlar qoldig‘idan iborat organik moddalardir. Deyarli barcha o‘simlik va jonzotlarning qoldig‘idan tuproq hosil buladi, bu — bakteriyalar faoliyatining natijasidir. Bakteriyalar ularni chiritib, tuproqning hosildorligini oshiradi. Chuvalchang va boshqa hap1arotlar ham tuproqni boyitadi. Tuproqning haydaladigan, gumusga boy yuzasi hosildor qatlam hisoblanadi. Undan pastda, aksariyat tog jinslari qoldiqlaridan iborat tuproqosti qatlami, undan ham quyida esa "to‘shama jinsli" qatlamlar mavjud.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80