Tuman nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Tuman bu — yer sathini qoplagan bulut bo‘lib, ularning bari deyarli bir xil tarkibga ega. Yer va dengiz sathini qoplagan bulut "tuman" deyiladi. Odatda tuman kechalari yoki erta tongda pastqam yerlarni va suv havzalari yuzasini qoplaydi. Sovuq havo tulqinining quruqlik bilan yoki suvning issiq sathi bilan tuqnashuvidan tuman paydo buladi.
Tumanlar havoning harorati yer va suvga nisbatan tez pasayadigan kuzgi mavsumda kuproq sodir buladi. Havo mo‘tadil paytda, qorongi oqshom tushishi bilan, yer yuzasini yupqa tumanli parda qoplaydi. Kechalari harorat pasayib, yer sovishi bilan havo qatlami ham kundan-kun sovib, pasaya boshlaydi. Ana shu salqin havoning iliq havo bilan aralashishidan tuman yuzaga keladi.
Odatda shahar tumanlari qishloqlardagiga Karaganda qalin buladi, ya’ni shaharning chang va qurumli havosi suv zarralari bilan qushilib, quyuq parda — tumanga aylanadi. Yerning eng sertuman mintaqasi Atlantik okeani sohilidagi Nyufaundlend (Kanada) hududlari bo‘lib, bu yerdagi tumanlar iliq va nam havoning Qutb doirasidan janub tomon harakat qiluvchi sovuq suvlari ustidan o‘tishi tufayli paydo buladi. Suvning sovuqligi havodagi namni mayda suv tomchilariga aylantiradi. Lekin bu tomchilar maydaligidan yomgirga emas, havoda tumanga aylanadi.
San-Fransiskoda tumanlarning paydo bo‘lishi boshqacha tarzda kechadi. Bu yerning tonglarida salqin shabada dengizdan sohildagi qum barxanlari sari esadi. Barxanlarda bir kun avval yomg‘ir yoqqan bo‘lsa, shabada ta’sirida undan ko‘tarilgan nam quyuq tumanga aylanadi. Tuman mayda zarralardan iborat bulgani sababli, aksariyat hollarda kuzimizga bulutdan ham quyuqroq kurinadi. Sababi, tumanning mayda zarralari bulut tarkibidagi yirik tomchilarga nisbatan yoruglikni uziga kuproq singdiradi. Shu sababli tumanlar bulutlarga qaraganda kuzga quyuq kurinadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80