Tovush qanday tezlikka ega?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Agar qulogimizga birorta tovush eshitilsa, demak, bu — yaqin-atrofda mazkur tovushni yuzaga keltiradigan tebranuvchan jism borligidan darak. Tovushlarni tebranuvchan jismlar yuzaga keltiradi. Shu tariqa paydo bulgan tovush ma’lum bir kenglikkacha tarqaladi. Tovushni yuzaga keltirgan manbadan qabul qiluvchi nuqtagacha nimadir yetkazishi kerak. Tovushni qabul qiluvchiga yetkazadigan ana shu "nimadir"ni biz "muhit" deymiz. Havo, suv, jismlar, hatto yer ham tovushni harakatlantiruvchi muhitdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, amerika hindulari uzoqdagi tovushlarni yerga quloq bosib eshitishgan.
Muhitsiz tovush bo‘lmaydi. Havosiz, vakuumli joyda tovush tarqalmaydi. Chunki tovush to‘lkin tarzida, tebranib harakatlanadi. Jismning tebranishi muhitdagi molekula va zarralarga ta’sir qilib, ularni ham tebrantiradi. Ularshsht tebr&NSHASH bir -biridan o‘tib, tovush to‘lqinini vujudga keltiradi. Tovush to‘lqini — daraxt, havo, suv kabi turli xil jismlar bilan tulgan muhitlarda, turlicha tezlikda harakatlanadi. Tovushning tezligi uning qanday muhitda harakatlanishiga bog‘liq.
Tovush havoda sekundiga o‘rtacha 335 metr tezlikda harakatlanadi. Bu uning — 0°S haroratdagi tezlik darajasidir. Harorat ko‘tarilishi bilan tovush harakati ham tezlasha boradi. Tovush suvda havodagiga nisbatan tezroq harakatlanadi. Masalan, 80 darajadagi suvda tovush sekundiga 1435 metr, soatiga 6 ming kilometr tezlikda harakatlanadi. Metallda esa bu ko‘rsatkich sekundiga 5000 metr, soatiga 20 000 kilometrga yetadi.
Balki siz, kuchli tovush past tovushga nisbatan tez harakatlanadi, deb o‘ylarsiz? Aslida unday emas. Tovush tezligi uning baland yoki pastligiga emas, yuqorida aytib o‘tganimizday, qaysi muhitda harakatlanishiga bog‘liq.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80