Topildiqlar nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qazib olingan o‘simlik va hayvonlarning topildiqlari o‘tmishni o‘rganishga va million yillar muqaddam yer yuzida qanday hayvonlar yashaganini bilishga yordam beradi. Topildiqlar bilan "paleontologiya" fani shugullanadi. Ayrim odamlar topildiq bu — faqat qadimiy jonzotlarning yerdan qazib olingan qoldiqlari deb o‘ylashadi. Aslida topildiqlarni uch xilga bo‘lish mumkii. Birinchisiga — jonzotlarning bugungacha chirimasdan, o‘z aslicha saqlanib qolgan tana a’zolari kiradi. Shuningdek, yo‘qolib ketgan jonzot va o‘simliklarning tana tuzilishi hamda shakllaridan olingan "ottisk" va "gips" nusxalar ham topildiq deyiladi. O‘tmish hayvonlarining balchiqlarda qolgan izlari ham topildiq hisoblanadi.
Tabiiyki, topildiq — jonzotlar tanasining yumshoq to‘qimalari chirib, faqat qattiq a’zolari — skeleti, chig‘anoqlarininggina saqlanib qolgan qismlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, ayrim hollarda, hatto tanasi 99 foiz suvdan iborat meduzalardan qoyalar, toshlar sathida aniq izlar qoladi. Muzli qatlamlarda ayrim o‘tmish jonzotlarining nafaqat skeletlari, balki tanasining yumshoq to‘qimalari ham asl holida topilgan.
Topildiqning qiymati uning hajmi bilan belgilanmaydi. Masalan, bundan million-million yillar muqaddam yashagan kichkinagina chumolining, asl holicha saqlangan qahrabo parchasining qiymatini ularning hajmi bilan o‘lchab bo‘ladimi?
Jonzot va o‘simlik topildiqlarining saqlanish darajasi ular yashagan muhitga bog‘liq. Dengiz jonzotlarining topildiqlari ko‘p va yaxshi saqlangan bo‘ladi. O‘lgan jonzotlar tanasi suv tagidagi cho‘kindi va minerallar bilan qoplangani sababli yaxshi saqlanadi. Quruqlikdagi hayvon va o‘simliklarning sharoiti butunlay o‘zgacha, ular havo tashqi muhit ta’sirida tezda chiriy boshlaydi.
Biz topildiqlarni o‘rganish orqali millionlab yillar muqaddam hayvonot olamida va nabotot dunyosida nimalar bo‘lganligini bilib olamiz. Masalan, tog jinslari orasidan topilgan topildiqlar orqaln million yillar muqaddam tanasining uzunligi 24 metr, vazni 56 tonnagacha keladigan sudralib yuruvchi bahaybat maxluqlar yashagan davr bo‘lganini bilib oldik. Bular dinozavrlar edi. Shuningdek, "Arxiopteriks" deb nomlangan dastlabki qush haqida ma’lumotni ham odamzod uning shakli saqlangan ikkita topildiq tufayli bilib olgan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80