Tog’lar qanday paydo bo’ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ularning g’oyat kattaligini kurgan odam tog‘larni abadiy va o‘zgarmas deb o‘ylaydi. Lekin toglarni o‘rganuvchi geolog va olimlar, ularning o‘zgaruvchanligini va boqiy emasligini isbotlay oladilar. Yer sathida sodir bo‘lgan muayyan jarayonlar doim yemirilib va o‘zgarib turuvchi tog‘larni vujudga keltirdi. Tog‘ yonbag‘irlari suv va muzlar ta’sirida yemiriladi, tuproq va toshli qatlamlar yomg‘ir, sel suvlarida yuvila boshlaydi. Vaqt utishi bilan hatto eng yuksak cho‘qqilar ham oddiy tepalik yoki tekis yerga aylanadi. Tog‘lar million yillar muqaddam yer sathidagi keskin o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelgan. Geologlar toglarning vujudga kelishi tarixiga qarab ularni turga bo‘lishadi. "Burmali" toglar — katta bosimda ulkan burmalardan iborat tog‘ jinslaridan tashkil topgan. Bunday toglarning aksariyat nuqtalarida qat-qat tog jinslarining egilganligini, linza kabi botiqligini ko‘ramiz. Bu yer yuzasida qattiq siqilish va kuchli bosim sodir bo‘lganini bildiradi. Bularga Alp va Appalachi tog‘larini misol ketirish mumkin.
"Gumbazli" toglarda tog jinslari gumbazmisol ko‘rinishda ko‘kka yuksalgan. Bu tog jinslarini faqat yer qa’ridan katta bosimda otilib chiqqan qaynoq lavagina yuksakka ko‘targan bo‘lishi mumkin. Bunday tog‘larga AQShning Janubiy Dakota mintaqasidagi Qora Do‘ngliklar misol bo‘ladi. "Selik" tog‘lar yer qobig‘ining yorilishi va o‘pirilishi natijasida hosil bo‘lgan. Yer qobigining ulkan maydonlari va butun bir tog tizmalarida, qisqa vaqt ichida yuksalish yoki o‘pirilishlar sodir bo‘lgan. Bunga misol qilib Syerra Nevada va AQShning Kaliforniya shtatidagi uzunligi 740, kengligi 150 kilometrlik tog‘ tizmalarini ko‘rsatish mumkin.
"Vulqoniy" tog‘lar Yer yuzasiga chiqib qolgan lava, vulqon kullari va shlaklardan hosil bo‘ladi. Vulqonlar odatda tepasi ulkan kraterli konus shaklida bo‘ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, shuningdek, Italiyadagi Vezuviy eng mashhur vulqonlardir. Ko‘plab tog‘ tizmalari yuqorida aytib o‘tilgan jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Rokiz tog‘i(AQSH)da siqilish, yorilish va hatto lavalar eroziyasi natijasida yuzaga kelgan yoriqlarni ko‘rishimiz mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80