Taom pishirish qanday boshlangan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Meva va sabzavotning ayrim turlari xomligicha yeyiladi-yu, negadir go‘sht va baliq pishirilmasdan yeyilmaydi? Ba’zi kishilar go‘sht va baliqning pishgani xomidan ko‘ra mazaliroq, deyishlari mumkin. Aslida buning mazasidan ham muhimroq sabablar bor: agar go‘sht va baliqning muayyan turlari xomligicha yoki chala pishirilib iste’mol qilinsa, ularning tarkibidagi tirik organizmlar bizda bir qancha kasalliklarni qo‘zg‘ashi mumkin. Chunonchi, chala pishirilgan go‘sht yoki undan tayyorlangan taom "Trixinellyoz" (gijja) kasalligini qo‘zg‘atadi. Chala pishirilgan baliq go‘shtidagi gelmintlar (qurtlar) ham bir qator yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Albatta, bashariyat tongida, hali olov yoqishni bilmagan ibtidoiy odamning ozuqasi xom bo‘lgan. Nihoyat u olov yoqish usulini o‘rgangach, isinish va yirtqich hayvonlarni cho‘chitish uchun gulxan yoqadigan bo‘ldi. Aftidan qadim ajdodimiz pishirilgan ozuqaning xomidan afzalligini tasodifan bilgan. Ehtimol, u ovda o‘ldirgan ayrim hayvonlarni gulxan yaqinida qoldirgan bo‘lsa, olov va cho‘g‘ taftidan pishgan go‘shtning yoqimli hidiga qiziqqan ibtidoiy bobomiz uni yeb ko‘rib, xomidan mazaliroq ekanligini anglab yetgan. Insoniyat tarixining tongida taomni pishirib iste’mol qilish taxminan ana shunday tarzda boshlangan, deyish mumkin. Dastlab, ibtidoiy odam, idish bo‘lmaganligi bois, yemishini gulxan atrofidagi olov taftida qizigan toshlar ustida pishiradigan bo‘ldi. Keyin u taom tayyorlash uchun tosh qalangan o‘rani cho‘tda qizdirishni o‘rgandi. Bu inson qo‘li bilan qurilgan birinchi tandir edi. Kup o‘tmay u tutun chiqadigan mo‘risi va issiqlikni saqlab turadigan toshtuvoqli yero‘choq qura boshladi. Inson tosh o‘raning og‘ziga teri yopib, taom pishirish sirini egalladi. Buning uchun o‘radagi suvga qizdirilgan toshlar tashlanib, qaynatib olinardi. Nihoyat, ibtidoiy bobomiz qamish savat ustiga loy surkab, taom pishiradigan birinchi jo‘n dekcha yaratishga erishdi. Aynan ana shu, loydan yasalgan jo‘n dekchada ibtidoiy ajdodimiz ikki xil — qovurilma va qaynatma taomlarni pishirishni kashf qildi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80