Suvning muzga aylanishi qanday sodir bo‘ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Agar siz hovuz, ko‘l yoki dare suvining qay tarzda muzlashini kuzatgan bo‘lsangiz, muzlash jarayoni suvning yuza qismidan boshlanishini ko‘rasiz. Agar buning teskarisi bo‘lib, suv yuzadan emas, tagidan muzlaganida Yerdagi hayot va iqlim o‘zgaribgina qolmasdan, balki suvda yashovchi ko‘plab jonzotlar yo‘qolib ham ketgan bo‘lardi. Endi, hovuzdagi suv yuzasining qachon muzga aylanishini kuzataylik. Hovuz tepasidagi sovuq havo suv yuzasini ham sovita boshlaydi. Yuzadagi sovigan suv chuqurdagi iliq suvga nisbatan vazni ogirlashib, pastga cho‘kadi. Bu jarayon hovuzdagi jami suvning harorati 4 darajaga yetgunicha davom ztadi.
Havo haroratining pasayishidan suvning yuzasi ham sovib, 4 darajaga yetgach, pastga cho‘kish to‘xtaydi, chunki bu haroratda suvning vazni ancha yengil bo‘ladi. Shunday qilib, mo‘tadillashgan suv yuzasida muzlash uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Harorat 0°S ga yetishi yoki undan pasayishi bilan suv yuzasida mayda kristallar ko‘rina boshlaydi. Ana shu olti qirrali kristallarning o‘zaro birlashuvidan suv yuzasi muz parda bilan qoplanadi. Suv yuzasidagi parda ayrim joylarda tiniq, ba’zi joylarda esa xira bo‘ladi. Nega bunday, dersiz? Gap shundaki, suv tomchilari muzga aylanganida o‘zidan mayda havo pufakchalarini chiqaradi. O‘sha pufakchalar kristall qirralariga ilashadi. Kristallar qancha ko‘p bo‘lsa, havo pufakchalari ham shuncha bo‘ladi. Muz pardasining xiraligiga ana shu havo pufakchalari sababchi. Agar muz tagida oqar suv mavjud bo‘lsa, havo pufakchalari bir joyga jamlanganligidan muz tiniq bo‘lardi.
Boshqa moddalar suyuq shakldan qattiq shaklga o‘tganda hajmi kichrayadi, ammo muzga aylangan suvning hajmi to‘qqizdan bir hissaga oshadi, ya’ni to‘qqiz litr suv muzlaganida hajmi un litrga keladi. Qishda avtomobil radiatorlari va suv quvurlarining muzlaganda yorilish sabablari ana shundan kelib chiqadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80