Simob nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Simob bu — uy haroratida suyuladigan g‘alati metall. Simob minus 39° S haroratda muzlab, 357°S da qaynaydi. U suvdan 13,6 marta og‘ir. Sathining taranglashish darajasi kattaligidan ayrim jismlar simobga cho‘kadi. U mayda tomchilarga bo‘linib, yoyilib ketishi ham mumkin.
Tabiatda simob qizg‘ish rangli "kinovar" deb nomlangan mineral tarkibida uchraydi. Bu mineral ko‘pincha tog‘ jinslari, vulqonli jinslar tarkibida bo‘ladi. Simob oson buglanadi. Uni toza holda olish uchun ruda 482°S gacha qizdirilishi kerak, shunda ko‘tarilgan bug‘ sovitilganda simobga aylanadi. Inson qadim zamonlardan beri simobning qanday xillaridan foydalanish kerakligini yaxshi bilgan. Yozuv paydo bo‘lgunga qadar kinovardan qizil bo‘yoqning asosiy tarkibi olingan. Eramizdan avvalgi 415 yilda rudadan ajratib olingan simob metall buyumlarning qoplamasi tarzida va ayrim kasallarni davolashda qo‘llanilgan. Sun’iy oltin olishga uringan alkimyogarlar simobni sehrli unsur deb atab, undan o‘z tajribalarida ko‘p foydalanganlar.
Hozirgi paytda simob tibbiyot sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Simob va uning tarkibi zaharli bo‘lsa-da, u dori hamda dezinfeksiya vositalari tarkibiga qo‘shiladi. Hozir jahonda ishlab chiqilayotgan simobning katta miqdori tibbiyot sohasiga sarflanmoqda.
Biz simobni harorat o‘lchagich asbob va uskunalarida kup ko‘rganmiz. Simob harorat o‘zgarishini tez va aniq belgilaydi. Shuningdek, hozirgi paytda simob buyoq tayyorlashda, tish davolashda, xlor va kauchukli soda tayyorlash, elektr uskunalarini ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80