Shovlalar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Shovlalarning asosiy masalliqlariga go'sht, sabzi, guruch kiradi. Ular pishirish usuli va qo'shimcha masalliqlariga qarab har xil nomlanishi mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan shovlalardan ko'p tarqalganlariga shovla, qovurma shovla, loviya shovlalar kiradi. Shovlalar tashqi ko'rinishiga ko'ra ilashimli bo'lishi bilan farqlanadi.
Shovla. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha qo'y yoki mol go'shti 10—15 g hisobida kubik qilib kesiladi. Qozondagi dog'langan o'simlik yog'iga go'sht solinib, ustiga tuz sepib, seli biroz kamayguncha, keyin piyoz solib qizarguncha, sabzi solib yumshaguncha qovurib, tomat yoki yupqa kesilgan pomidor solib, 5—10 minut qovurib, suyak qaynatilgan sho'rva yoki suv solinadi. Suyuqlik qaynab chiqqach, saralab yuvilgan guruch solinadi va vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda qaynatiladi. Pishishdan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi. Shovla taqsimchaga solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib, dasturxonga tortiladi.
Guruch 113 g, mol go'shti 162 g yoki qo'y go'shti 150 g, piyoz 32 g, sabzi 80 g, pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 50 g. Sof og'irligi 500 g.
Qovurma shovla. Go'sht yuqoridagi usulda tayyorlanadi. Qozon-dagi dog'langan yog'ga go'sht solib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha, piyoz solib qizarguncha sabzi solib yumshaguncha qovuriladi. Keyin kartoshka solib bir aylantirib qovurib, tomat yoki yupqa to'g'ralgan pomidor, saralab yuvilgan guruch solib, yana 5—10 minut qovuriladi. Qovurish oxirida suv yoki go'sht, suyak sho'rvasi solinib, vaqti-vaqti bilan aralashtirilgan holda, pishishidan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi. Qovurma shavla taqsimchaga solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib dasturxonga tortiladi.
Guruch 85 g, qo'y go'shti 150 g yoki mol go'shti 162 g, piyoz 32 g, kartoshka 37 g, sabzi 80 g, pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 57 g. Sof og'irligi 500 g.
Loviya shovla. Qo'y yoki mol go'shti shovla taomidagiga o'xshash kesilib, qozondagi dog'langan yog'da qovuriladi. Piyoz, sabzi, tomat yoki pomidor ham shavlaga o'xshash qovurilgandan so'ng sovuq suv (guruch va loviya vazniga nisbatan 3 baravar ko'p) bilan birga saralanib yuvilib, 5—6 soat bo'ktirilgan loviya solinib, miltillatib qaynatiladi. Loviya chala pishgach, saralab yuvilgan guruch solinib, vaqti-vaqti bilan aralashtirib qaynatiladi, pishishidan awal ta'bga ko'ra tuz, ziravor solinadi. Taqsimchaga loviya shavla solinib, ustidan mayda to'g'ralgan ko'kat sepib, dasturxonga tortiladi.
Guruch 68 g, qo'y go'shti 150 g yoki mol go'shti 162 g, piyoz 32 g, sabzi 80 g, pomidor yoki tomat 12 g, o'simlik yog'i 50 g, loviya 45 g. sof og'irligi 500 g.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80