Shixan kasalligi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Erkaklar it emaski, suyakka tashlansalar. O‘ta ozg‘in ayollarga nisbatan ishlatiladigan ibora

Yana bitta kasallik — Shixan kasalligi keskin ozishga olib keladi. Shixan kasalligi ko‘pincha endigina farzand kurgan ayollarda uchraydi. Xarakterli o‘zgarishlar bosh miyadagi adenogipofiz faoliyatining keskin buzilishi va periferik endokrin bezlarning yetishmovchiligi holatlariga bog‘liqdir. Bu kasallikning asosiy, ko‘p uchraydigan sabablaridan biri tug‘ishdagi asorat — ko‘p qon ketishi oqibatida gipofiz bez to‘qimasining nekrozi yuzaga keladi. Xuddi shunday holatga bosh miyaning adenogipofizini qon tomirlaridagi septik emboliya sababchi bo‘ladi. Xo‘sh, bu kasallik bemorlarda qanday ko‘rinishlarga ega bo‘la­di? Ayolda tug‘ish asoratlar bilan kechgani bois farzand ko‘rganidan keyingi birinchi-ikkinchi kunlardan so‘ng kuchli holsizlik, ishtahaning yo‘qligi, ko‘ngil aynish, qusish, tana haroratining baland bo‘lishi, terlash, hushdan ketish holatlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu ko‘rsatilgan belgilar kuchaya boshlaydi, bunga mushaklardagi harakatsizlik, ya’ni adinamiya va eng aso-siysi, tana og‘irligining kamayishi qo‘shiladi. Shu bilan birga bosh miya faoliyatining buzilishi buyrak usti va qalqonsimon bez faoliyatining keskin yetishmasligiga olib keladi. Birinchi ayolda ko‘zga tashlanadigan holat — bu keskin ozib ketishdir, teri quruq va oqarib ketadi, shishlar paydo bo‘ladi. Gormonal buzilishlar kuchli rivojlanadi, bu esa ko‘krak bezi atrofiyasiga, jinsiy bezlar faoliyatining yetishmovchiligiga olib keladi. Bir xil guruhdagi bemor ayollarda birinchi planga gipoti­reoz klinikasi chiqadi, boshqa guruh ayollarda — buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi qandsiz diabet holatini paydo qiladi. Bunday ayollar kuchli chanqash tufayli kuniga 8-10 litr suv ichib ko‘p peshob ajratadilar. Ularning peshob analizlarida qandsiz diabetga xos simptom — udel og‘irligi 1000-1005 ni tashkil qiladi. Yuqorida aytilganidek bunday ayollarda o‘tkaziladigan gormonal o‘zgarishlar qonda gipofiz gormonlari miqdorining pasayib ketgani va buyrak usti qalqonsimon va jinsiy bezlarni yetishmasligi aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan bir qator kasalliklar odamning ozib ketishiga sababchi bo‘ladi, bu holat ularning hayotiga katta xavf soladi, ularni nogiron qilib, hatto hayotdan erta ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin.Shuning uchun insonning keskin ozib ketishi har bir insonni xavotirga solib zudlik bilan shifokorga murojaat qilishga majbur etadi. Yurtimizning har bir qishloqlarida QVP tashkil topgan, u yerda umumiy amaliyot shifokori bemorlarni qabul qiladi. Siz o‘zingizda yuqoridagi alomatlarni sezsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu mutaxassis shifokorga uchrashing. Lekin hayotimizda bunga rioya qilmay har xil savodsiz tabib, ekstrasens, gipnozchilar, o‘qib qo‘yadigan domlalarga murojaat qiladiganlar soni hali ham ancha yuqori. Tekshirishlar natijasida, shifokor nazoratida bo‘lish, unga ketgan vaqt, xarajatning bir oz ko‘pligi, davolashni tezda samara bermasligi, vrachlarning operatsiya qilish kerak degan tavsiyalarini qabul qilishni xohlamaslik mazkur holatga sabab ekanligi aniqlandi.
Birinchi misol. 2008 yil Toshkentlik oilada qiz bola kes­kin ozib, bemor bo‘lib qoldi. Ilgari 84 kiloga ega bo‘lgan 22 yoshli baquvvat qizning vazni 3 oy ichida 46 kiloga tushadi. Qizning keskin ozib ketishi uni holsiz, nogiron qilib qo‘ydi. Bemorning ota-onasi farzandini shifokorlarga ko‘rsatmasdan mashhur tabibga olib borib 4 oy davolashadi. Natijada bemor qiz yana 6 kg tana vaznini yo‘qotib hushidan ketadi va reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. faqatgina shifokorlarning xatti-harakati tufayli bu qizning hayoti saqlab qolindi.
Ikkinchi misol. 2009 yilda mening qabulimga Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bir bemor qizni ota-onasi olib kelishdi. Savol-javob natijasida ma’lum bo‘ldiki, bu qiz 16 yoshda ancha badani to‘lishganligini sezib bir hamshiradan maslahat so‘raydi va bu tibbiyot xodimi qalqonsimon bez kasalliklarida ishlatiladigan «Tireoidin» pereparatini kuniga bitta tabletkadan ichishni tavsiya qiladi. Bemor ushbu tabletkani 1 oy ichganidan so‘ng 5-6 kg ozadi. Shu asosida be­mor qizimiz hech kimga bildirmasdan, o‘zbilarmonlikcha ish tutib bu dori vositasini kuniga 3 marta ichib 2 oydan keyin keskin ozib ketadi. Har kuni hushdan ketadigan bo‘lib qoladi. Ota-onasi ushbu dori-darmonni qizidan olib qo‘yishadi, lekin vaqt o‘tgan edi.

QIZIQARLI MA’LUMOT:

Yevropada bugungi kunda o‘ta ozg‘in modellar hattoki ko‘rgazmalar podiumlariga qo‘yilmayapti. Modellarning quvvatsizlikdan aziyat chekishlari u yoqda tursin, ularga ergashgan va ular kiygan kiyimlarni sotib olmoqchi bo‘lgan yevropalik ko‘plab (asosan balog‘at yoshiga yetayotganlar) qizlar tanaga vitamin yetishmasligi oqibatida turli kasalliklarga ham chalinib olmoqda. So‘nggi yillarda darmonsizlikdan modellarning olamdan o‘tish holatlari ham kuzatilayotgani sababli mashhur kuturyerlar yaratadigan liboslar reklamasini o‘rta vaznli modellarga topshirish masalasi muhokama qilinmoqda. Bemor qiz II guruh nogiron bo‘lib uyda o‘tirib qoldi. Endi ushbu pereparatni qabul qilmasa ham uning keskin ozishi davom etmoqda, sabab — bosh miya faoliyatining keskin buzilishidir.
Uchinchi misol. Shixan kasalligiga chalingan bemor ayolni shifokor endokrinolog, mutaxassis ginekologlarga ko‘rsatmay tabibga olib borishadi. Bu tabib bemorni to‘la ko‘rmasdan, bilagini ushlab kasallik og‘irligini va shuning uchun peshob ichishni buyuradi. Ayol o‘z bolalarining peshobini yig‘ib kuni­ga 1-1,5 litrdan peshob ichishni boshlaydi, 3-4 oy bunday davo-lash usuli bemor ayolni keskin og‘irlab qolishiga va koma, ya’ni behush holatga tushib qolishiga olib keladi. Bir oy shifoxonada davolangandan so‘ngina ayol shifo topdi. To‘rtinchi misol. Sirdaryo viloyatidan 14 yoshli bolasini olib kelgan oila bizning maslahatimizga muhtoj ekanligini bildirishdi. Bemorni ko‘rib hayron qoldik: bolaning faqat suyagi qolgan, yura olmaydi, nosilkada olib kelishdi. Tekshirishlar o‘tkazildi. Shunda bemorning axlatidan askarida, ya’ni gijjaning bir turi aniqlandi. Bu xastalik bilan bemor o‘n yildan beri azob chekar ekan. Bu gijja turiga qarshi dori-darmon berilganda askarida to‘plami (yosh bolaning to‘ppisidek) tushdi. Bir haftadan keyin bemorning ishtahasi ochilib ovqat yeyishni boshladi. Kuzatish shuni ko‘rsatadiki, davolanish jarayonida bemorga haftada 2 kg vazn qo‘shila boshladi. Uch oydan so‘ng bola soppa-sog‘ bo‘lib maktabda fizkultura darsiga qatnashadigan bo‘ldi. Mana shu misoldan ko‘rinib turibdiki, gijjalarning hamma turlari bolalarni ozdiradi, ularning jismoniy va jinsiy rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadi. Bunday misollarni biz o‘z tajribamizda o‘nlab, yuzlab keltirishimiz mumkin. Davolash jarayonining ilk boshlanishi — mutaxassis shifokor maslahatini olish va kerakli laborator analizlarni topshirishdir. Tashxis qo‘yilib bo‘lingandan keyin shifokor kerak bo‘lgan gormonal terapiya va boshqa muolajalarni to‘la-to‘kis bajarishi shart. Shu bilan birga vitaminoterapiya, kuchli ovqatlanish va ishtaha ochar muolajalar qilinish kerak. Ov­qat taomlari mazali, yuqori kaloriyaga ega, oqsil, uglevodlarga boy bo‘lishi lozim. Xo‘sh, bundan tashqari uzbek tabobat olami nimani tavsiya qila oladi degan savollarni ko‘p odamlar berishadi. Aksariyat ota-onalar «Gormonal pereparatlar xavfli, oddiyroq, giyohlardan tayyorlangan dorilar bormi? Shunday usullarni muolaja uchun buyuring», deb iltimos qilishadi. Keskin ozib ketish va uning oldini olish, davolash usullari uzoq davrlardan beri ma’lum. Bizning vatandoshimiz, ulug‘ tabib va olim Ibn Sino bunday kasallarning ishtahasini ochish hamda davolash uchun ko‘p fikr-mulohazalarni bildirganlar. Masalan, Sharq tabobatining yirik qomusiy olimi «Kitob al qonun fit-tibb» asarida shunday deydi: «Ozgina vaqt ichida ozib ketadigan badanlarning qaytadan semirishi ham qisqa bir muddatda bo‘lishi mumkin. ...Semirish uchun hazm bo‘lganda kaymusi yaxshi bo‘ladigan kuchli va pishiq ovqatlar, masalan, turli halimlar, umochlar, shirguruch, qovurilgan go‘sht kabilarni yeyish kerak. Chunki qovurilgan go‘shtda go‘sht quvvati qamalib qolib, u pishiq et paydo qiladi, qaynatilgan go‘sht esa g‘ovak, taralib ketadigan va qarorlanmaydigan et paydo qiladi. ...Badantarbiyaga aloqali harakatlar ham semirtiruvchi tadbirlardandir; bu har bir yengil va astasekin qilinadigan mo‘tadil badantarbiya bo‘lib, bir oz dag‘al hamda qattiq va yumshoqlikdagi mo‘tadil latta bilan tez ishqalashdan keyin qilinadi, ayniqsa, biz aytgandek, teri qizarguncha ishqalash yaxshiroq. Mo‘tadil mijozlilar uchun mo‘lj:allangan dorilarning biri: bodom, pusti ajratilgan funduq, saqich daraxtining mevasi, pista va katta xil sanavbar donasidan olib, bu tarkibni asal bilan qoriladi; undan javza (38,25 gramm) miqdorida bo‘laklar yasaladi va shulardan har kuni besh javzadan o‘n javzagacha is-te’mol qilinadi». Quyida ozdirishni to‘xtatadigan va normal vaznga ega bo‘lish uchun Sharqda uzoq asrlar davomida qo‘llangan samarali xalq tabobat usullarini bayon etamiz.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Tohir Ibragimov "Semizlik va uni yengish yo'llari". 2012 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80