Shimoliy va janubiy qutblarda harorat xir xilmi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ko‘pchiligimiz Shimoliy va Janubiy qutblar haqida mavhum tushunchaga egamiz va ularni bir-biriga o‘xshash deb o‘ylaymiz. Aslida Antarktida (Janubiy qutb mintaqasi) va Arktika (Shimoliy qutb mintaqasi) o‘rtasida o‘xshashlikdan ko‘ra, farqlar ko‘proq. Janubiy qutb mintaqasi asosan Antarktida qit’asidan iborat. Bu qor va muz bilan qoplangan qit’a Amerika Qo‘shma Shtatlari degan mamlakat maydonidan deyarli ikki barobar katta. Shimoliy qutbni Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alari qirg‘oqlarigacha davom etuvchi Shimoliy Muz okeani egallab turadi.
Shimoliy qutbning Janubiy qutbdan yana bir farqi odamlar, hayvonlar va usimliklar Shimoliy qutb yerlariga asta-sekin yoyilib, bosqichma-bosqich "o‘zlashtirilib", bu yerning iqlimiga ko‘nika borgan.
Janubiy qutbning Janubiy Amerikadan boshqa qit’alardan yuzlab kilometr okean bilan ajralib turgan Antarktida deb ataluvchi hududining iqlimi odam va hayvonlar yashashi uchun noqulay. Bu yerda usimliklardan faqat zamburug, mox, alafsimon usimliklar va gullarning ayrim turlarini uchratasiz, xolos. Aytmoqchi, pingvinlar Antarktidani ularni ovlovchi sovuqsevar yirtqichlar bo‘lmagani uchun o‘zlariga vatan qilib tanlashgan, deyishadi.
Antarktidada hatto yoz oylarida ham harorat past bo‘lib, muntazam ravishda qattiq dovullar esadi.
Shimoliy qutbda esa uni o‘rab turuvchi okean yuzasidan ko‘tarilgan havo oqimlari iqlimni birmuncha yumshatadi. Qit’aning asosiy maydoni muzli Antarktidadir. Uning havosi sovuq va yuqori bosimli. Shuning uchun ham bu yerning iqlimini Shimoliy qutbdagiga nisbatan qahrli deyish mumkin. Hatto yozning o‘rtalarida ham Antarktidada harorat 0 darajadan past bo‘lib, faqat ba’zi kunlardagina 4 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Qishda esa sovuq o‘rtacha minus 23-35 darajaga yetadi, hatto undan ham pastlab ketadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80