Semizlik va teri

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badan tarbiya.
Abu Ali ibn Sino
Semiz kasallarning 49 foizida oyoq panjasi orasida mi­koz, 39 foizida yiringli infeksiyalar, ya’ni chipqonlar, kat­ta yaralar; 29 foizida ekzema, 26 foizida sochning to‘kilishi, 24 foizida seboreya (teridagi yog‘ bezlari funksiyasining zo‘rayishi, teri yog‘i normal tarkibining o‘zgarishi, ba’zan yog‘ chiqishining to‘xtashi bilan ifodalanadigan teri kasalligi) ku­zatiladi. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, semizlikda terida katta o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Semiz odamlar terisida yo‘l-yo‘l chiziqlar paydo bo‘ladi. Bu chiziqlar ko‘pincha qorin terisida, sonda ko‘proq uchrashi mum­kin. Bunday chiziqlar dastlab ko‘k-pusht rangda paydo bo‘ladi, keyinchalik ular oqaradi, qorayadi va umumiy fonda qora chiziq bo‘lib yaqqol ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. Bu chiziqlar sonda, qorinda, oyoqlarda uchraydi. Ushbu yo‘lakchalarning yo‘li har xil bo‘lib gistologik sur’atda elastik tolalarning kamayganligi aniqlanadi. Shu bilan birga semiz ayollarda qo‘ltiq tagi, ko‘krak bezi osti, son burchaklarida ko‘p terlash kuzatiladi. Bu disgidroz (Teri bezlari ishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan teri kasalligi. Qo‘l, oyoq kaftlarida ichiga tiniq suv yig‘ilgan mayda-mayda pufakchalar paydo bo‘lishi) holati ularga ko‘p estetik, kosmetik noqulaylik keltiradi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Tohir Ibragimov "Semizlik va uni yengish yo'llari". 2012 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты