Semizlik nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Hozirda aksariyat odamlar garchand to‘lalik organizm uchun ma’lum darajada foydali bulsa-da, parhezga qat’iy amal qiladigan, vazn oshib ketmasligiga e’tibor beradigan bulishgan.
Biz organizmdagi biriktiruvchi tuqimalarda yog‘ to‘planishidan semira boshlaymiz. Dastlab hujayralar ichida mayda yog‘ tomchilari paydo buladi. Ular tobora yiriklasha borib, uzaro birikkach, hujayrani butunlay egallab, uni pufakdek shishirib yuboradi. Hujayra yupqa qoplama bilan uralgan ulkan yog‘ tomchisiga aylanadi. Bu organizmning, quloq, peshona, burun va bug‘imlar oralig‘idagi to‘qimalardan tashqari, muayyan nuqtalarda tuplana boshlaydi. Odatda ayol organizmida erkaknikiga nisbatan yog‘ kuproq to‘planadi. Normal erkak organizmi taxminan o‘n foiz, ayolniki esa taxminan yigirma bet foiz yog‘ to‘playdi. Binobarin, yosh yigit tanasida taxminan olti kilogrammcha, ayolnikida un olti kilogrammgacha yog‘ yig‘ilishi mumkin.
Organizm ozuqa moddalar zaxirasiga ehtiyoj sezgani bois u tuyimli va qulay modda — yog‘ to‘plashga kirishadi. Organizm uchun oson hazm buluvchi kundalik odatiy oziqa — glyukozadir. Yogning hazm bo‘lish jarayoni birmuncha murakkab, lekin u shu miqdordagi glyukozaga nisbatan uzidan kuproq issiqlik, ya’ni ikki barobar ko‘proq energiya chiqaradi. Shuning uchun ham qayta ishlash murakkab bo‘lsa-da, yog‘ ozuqa sifatida organizm uchun qulay zaxiradir. Organizmga ozuqa moddalar yetishmasa, u o‘zidagi yog‘ zaxirasini iste’mol qila boshlaydi. Shuningdek, yog‘ ezilmaydigan, egiluvchanlik xususiyatiga kura, organizmni shikastlanishlardan asrovchi "suv yostig‘i" vazifasini bajaradi. Ana shunday yostiq odamning dumbasida joylashgani tufayli ham biz o‘tira olamiz. Shuningdek; bunday yostiqlar tovon, kaft terisi, lunj, ko‘z soqqasi tagida yasoylashganidan ular mazkur a’zolarni shikastlanishdan doim asraydi. Yog‘ yana organizmdagi issiqlikni saqlab turuvchi izolyatsiya materiali sifatida ham muhimdir.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80