Sellyuloza nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O'simlik va jonzotlarning yumshoq bo‘lagi (qismlari) asosan sellyulozadan iborat buladi. Usimlik tanasining qayishqoqligi tana tarkibidagi sellyuloza tufaylidir. Deyarli barcha yashil o‘simliklar o‘zlarining yashash ehtiyojlari uchun tanalarida sellyuloza hosil qiladi. Sellyuloza tarkibi shakarga o‘xshab uglerod, vodorod va kisloroddan iborat. Havo va suv xuddi shunday moddalarga ega. Usimlik bargida hosil bo‘lgan shakar shirada erib, butun tanaga tarqaladi. Shakarning asosiy qismi o‘simlikni quvvatlantirish va o‘zini tiklab olishiga sarflanadi, qolgan qismi sellyulozaga ailanadi. Usimliklardagi yangi hujayralarga qobiq ana shu sellyulozalardan hosil buladi.
Sellyuloza — turli sohalarda keng qo‘llaniladigan, lekin sun’iy usulda olib bo‘lmaydigan, tabiiy mahsulotlardan biri. Sellyuloza usimlik va daraxtlardan olinadi. Inson uni hatto nobud bo‘lib, tanasida nam qolmagan o‘simliklardan ham olishni o‘rgangan. Masalan, kiyim uchun ishlatiladigan tabiiy sellyulozaning eng toza turi yovvoyi paxtadan olinadi.
Biz o‘stiradigan o‘simliklar — kohu, selderey, kepaklar tarkibida ham sellyuloza bor. Odam oshqozoni sellyulozani hazm qilolmaydi, lekin u parhez uchun foydalidir. Hayvonlarning, masalan qo‘y, tuyaning oshqozonida sellyulozaning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi bakteriyalar mavjud. Sellyuloza — xilma-xil mahsulotlar ishlanadigan qimmatli xom ashyodir. 99,8 foiz sellyulozadan iborat paxta misolida insonning sellyuloza tolasidan nimalar yaratishga qodirligini ko‘rish mumkin.
Sellyulozaga kimyoviy ishlov berilganida undan suratga oluzchi plyonkalar uchun xom ashyo, loklarga qo‘shimcha moddalar, gazlama uchun viskoza tolalari, sellofan va boshqa plastik materiallar olinadi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80