Sarob qanday paydo bo‘ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Sahroda chanqoq talvasasida qiynalayotgan sayyohni ko‘z oldimizga keltirib kur U yiroqlarga tikilsa, uning ko‘zlariga atrofi yashil ko‘katlar bilan o‘ralgan suvlar, ko‘llar ko‘rinadi. Sayyoh oldinga talpinadi, lekin bir payt ko‘l g’oyib buladida, sayyohning tevaragida qaynab yotgan qum tepaliklaridan uzga narsa kurinmay qoladi. Unga yiroqlarda kuringan kul, suvlar sarobdan uzga narsa emas. Sarob qayerdan paydo buladi? Sarob bu — tabiatning muayyan atmosfera sharoitidagi sayyoh oldida qilgan "hazili". Birinchidan, biz obyektlarni ularga tushgan nur ko‘zimizda aks etgani uchun kuramiz. Bu nurlar kuzga tug‘ridan tushishi kerak. Shuning uchun ham uzoqqa tikilganimizda faqat yotiq chiziq ustidagi narsalar ko‘zimizga kurinadi.
Atmosfera qatlami ana shunday nurlar tufayli turli "hunar"lar, o‘yinlar ko‘rsatishi mumkin. Masalan, sahro sathidan yuqorida kuzgu vazifasini utovchi qalin havo qatlami mavjud. Kuz yetmas masofadagi yoki ufq ortidagi obyektga tushgan nur sahro tepasidagi kuzgu vazifasini bajaruvchi havo qatlamida aks etib, bizga kurinadi. Natijada, aslida ko‘rish mumkin bo‘lmagan narsani "ko‘ramiz". Shunday "havo ko‘zgusi"dagi osmonning aksi kuzga kul bulib kurinishi mumkin. Sarob ana shunday holda sodir buladi. Saroblar kukdagi suzib yurgan kema shaklida dengizda ham kurinishi mumkin. Bu suv sathidagi havoning sovuqligi, uning tepasidagi qatlamning ilikligi bilan izohlanar, ehtimol. Ufq ortidagi kemalarga tushgan nurlar kukdagi issiq havoda aks etgani uchun biz ularni osmonda ko‘ramiz.
Yer kurrasida eng go‘zal, romantik saroblar ko‘rinadigan joy Sitsiliya deyishadi. U yerda Messina shahri ko‘kda aks etib, havoda xayoliy qasrlar muallaq suzib yuradi. Italyanlar bu g‘aroyib saroblarni uni yaratuvchi yovuz qudratli jodugar Morgana Le Fey sharafiga "Morgana yopinchig‘i" deb ham atashadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80