Sahroda nega suv bulmaydi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ma’lumki, har bir mintaqadagi o‘simlik turlari, ularning yashashi u yerdagi yog‘ingarchilik miqdoriga bogliq. Yog‘ingarchilik kup bo‘ladigan mintaqalarda — o‘rmonlar, kamroq bo‘ladigan yerlarda — o‘tloqlar, ular juda kam bo‘ladigan hududlarda esa o‘simliklarning ayrim, suvsizlikka chidamli turlarigina usadi. Binobarin, sahroda namlik yetishmaganligi tufayli unda mavjud bo‘lgan hayot shakllari ham suvsizlikka moslashgan bo‘lishi kerak.
Ekvator yaqinidagi Sahroi Kabir havo oqimlari issiq va quruq bo‘lgan mintaqada joylashgan. Bu yerlar okeanga yaqin bo‘lsa-da, iqlim jihatdan nihoyatda quruqdir. Afrikaning shimoli-g‘arbiy qismi va g‘arbiy Avstraliyadagi sahrolar ham xuddi shunday holatda.
Ekvator chizig‘idan olisdagi sahrolar yiroq okeanlardan esuvchi yomg‘ir keltiradigan shamollar yo‘lidagi tog‘lardan o‘tmasligi tufayli paydo bo‘lgan. Yomg‘irlar hamisha bunday tog‘larning ummon tarafiga yog‘ib, teskari tarafi esa quruq qoladi. Bu holatni "yomg‘ir to‘sig‘i" deyish mumkin. Markaziy Osiyo cho‘llari Himolay va Tibet tog to‘siqlari ortida joylashgan. AQShning g‘arbiy qismidagi Katta Havza dashtini yomg‘irlardan Syerra-Navada tog tizmalari to‘sib turadi. Sahrolarning tarkibi va ko‘rinishi bir-biridan farq qiladi. Qum mo‘l bo‘lgan sahrolarda shamollar esishidan qumtepalar, do‘ngliklar yuzaga keladi. Shuningdek, toshli sahrolar qoyalar, tosh tepaliklar, tubsiz jarliklar va o‘nqir-cho‘nqir qoyali vodiylardan iboratdir.
Aksariyat cho‘llarda ularning o‘zigagina xos bo‘lgan o‘simliklar va jonzotlar dunyosi mavjud. Tanadagi nam bug‘lanmasligi uchun sahro o‘simliklari deyarli bargsiz bo‘ladi. Tikanlar va nishlar esa hayvonlarni cho‘chitish vositasi, xolos. Sahrolarda yashovchi jonzotlar uzoq davom etadigan suvsizlikka chidamli bo‘lib, ular chanqoqni o‘simlik yoki shabnamlar bilan qondiradilar.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80