Sabzavot taomlari sifatiga qo'yiladigan talablar va ularni saqlash muddatlari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Pishirilgan sabzavotlar o'z kesilgan shaklini saqlashi, kartoshka biroz ezilga rangi oqdan sarg'ish ranggacha bo'lib, uning qorayishiga yoki qizg'ish rangj kirishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Ildiz-mevalarning rangi sof holdagiga o'xshash ko'zchalari, chirigan, qoraygan yerlari yaxshi tozalanishi, bir xil yumshoqlikc pishgan bo'lishi. Qaynatib pishirilgan karam mazasida dimlab pishirilgan kara mazasi bo'lmasligi, yumshoq, nozik pishgan holatda bo'lib, rangi oqdan oz sezilasarg'ish ranggacha, ertangi karam va savoy karami uchun och-yashil rangdan to och-sarg'ish ranggacha, bryussel karami uchun tiniq yashil rangdan to to'q yashil ranggacha bo'lib, gulkaram guli ustida qoramtir dog'lar va qizg'ish rang bo'lmasligi kerak.
Kartoshka pyuresi bir xil quyuqlikda, biroz g'ovaklikka ega, quyuq ko'ri-nishda, rangi och-sarg'ishdan oq ranggacha bo'lib, qoramtir dog'lari ezilmagan qumoq-qumoq kartoshka bo'lmasligi kerak. Dimlab pishirilgan sabzavotlar biroz tuzlangan sabzavot va sutga xos xushxo'r hidli, kuygan sut va sabzavot mazasidan xoli, rangi pishirilgan sabzavot turiga xos, yumshoq pishgan bo'lishi kerak.
Qovurilgan sabzavotlar bir xil shaklda bo'lib, ikki tomoni bir xil qovurilgan, tarkibi bir xil yumshoqlikda bo'lishi lozim. Kartoshka rangi sarg'ish bo'lib, ba'zi yerlari qizg'ish ranggacha qovurilgan bo'lishi mumkin. Qolgan sabzavotlaming rangi o'ziga xos och-qizg'ishdan to'q qizg'ish ranggacha bo'ladi. Kotlet, zrazilar, shnitsellar o'ziga xos shaklda, yorilgan, bo'lingan, uchgan xollardan xoli, yuzida qizg'ish rangdagi qobiq bo'lishi kerak. Sabzi kotleti kesilganda ichidagi rangi och-sarg'ishdan to qizil ranggacha, mazasi biroz shirin, g'ovak ko'rinishda, bir xil quyuqlikda mushtlashgan manna yormasi, katta bo'lakdagi sabzilar bo'lmasligi kerak. Karamdan tayyorlangan taomlar och-sarg'ish rangda, ba'zi hollarda rangi karam turiga qarab biroz o'zgarishi mumkin.
Dimlangan sabzavotlar bir xil shaklda va katta-kichiklikda, yumshoq pishgan, selli bo'lishi kerak. Karam taomlari biroz dag'alroq bo'lishi mumkin. Dimlangan karamdan tayyorlangan taomlarning mazasi biroz nordon-shirin mazaga ega bo'ladi. Rangi och rangdan qo'ng'ir ranggacha, qizilchadan tayyorlanganda to'q qizil rangda bo'ladi. Sabzavotlarga shakl berib to'g'rab saqlanishi, kartoshkaning bir qismi ezilgan bo'lishi mumkin.
Yopilgan sabzavot. Sabzavotli rulet, zapekankalarning yuzi tekis, bir xil qizg'ish qobiqda, yorilmagan, kesilganda ostki va ustki qatlam qalinligi bir xil, qiymasi bir xil me'yorda solib tayyorlangan, rangi, mazasi-yopib tayyorlangan sabzavotga xos, sardak qo'shib yopilgan sabzavotlar, sardakka to'liq ko'milgan va yuzida yupqa qizg'ish qobiqqa ega bo'lib, taom yumshoq bo'lmog'i lozim. Sabzavot garnir va taomlarni issiqligicha uzoq saqlash mumkin emas, chunki mahsulotning tashqi ko'rinishi, mazasi, ozuqalik qimmati yo'qoladi, tarkibidagi С darmondorisi parchalanadi. Suyuqligi-dan ajratilgan kartoshka va kartoshka pyuresi marmitda 2 soatgacha, gulkaram, sarsabil, jo'xori pishirilgan holda o'z suyuqligida 30 minutgacha saqlanadi. Uzoqroq saqlash uchun suyuqligidan suzib, sovitib, sovitkichga qo'yiladi. Kerak bo'lganda o'zi qaynagan suyuqlikka solib bir qaynatib ishlatiladi.
Sardak yoki yog'da tayyorlangan sabzavotlar qopqog'i yopilgan idishlarda 2 soat muddatgacha saqlanishi mumkin. Agar sabzavot uzoqroq saqlanishi zarur bo'lsa, suyuqligi ajratilib, sovitilib, sovitkichga qo'yiladi. Ularni ishlatish uchun o'z sardagida yoki yog'da isitiladi. Ko'p yog'da qovurilgan sabzavotlar sovitilib, sovitkichda bir kun, dimlab pishirilgan, yopilgan sabzavot, qo'ziqorin taom va garnirlari issiq holda 2 soat davomida saqlanishi mumkin.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты