Rishta taslim bo‘ldi

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Dumaloq qurtlar keltirib chiqaradigan drakunkulyoz kasalligi sharq mamlakatlarida turli nom bilan ataladi. Eronda - rishta, Hindistonda - noru, arab mamlakatlarida irqal xibli nomi bilan ma’lum. Bu nematodalar balog‘atga yetgan davrda odamning teri osti va biriktiruvchi to‘qimada, ba’zan it, mushuk, maymun, qoplon va boshqa hayvonlarda yashaydi. Parazit -drakunkalaning uzunligi 32-120 sm., eni 1,5 mm.ga yetadi. Ikki xo‘jayin - oxirgi va oraliq xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi.
Yetuk urg‘ochisi voyaga yetgandan so‘ng juda mayda lichinkalar qo‘yish uchun odamning qo‘l-oyoqlariga ko‘chadi. U boshi bilan teriga taqalib turadi. Bu yerda urg‘ochisining bosh bezlari chiqargan moddalar terida diametri 2-7 sm.li pufaklar paydo qiladi. Pufaklar suvga tekkanda yoriladi va paydo bo‘lgan yoriqda urg‘ochi tanasining bosh qismini o‘rab olgan oqroq nekrotik massa ko‘rinib turadi. Bu massa tushib ketgach, oyoq to‘qimalarining ichiga yo‘l ochilib, u yerda parazit o‘rnashib oladi. Parazit tanasi suvga tekkanda u darhol juda serharakat bo‘lib, tirik lichinkalar qo‘ya boshlaydi. Bu lichinkalar suvga tushgach, faol suzib "makon", ya’ni oraliq xo‘jayinni izlay boshlaydi.
Drakunkul lichinkalarini jon deb yutadigan suvdagi umurtqasizlar - sikloplar xo‘jayin bo‘lib xizmat qiladi. Parazit lichinkasi siklop tana bo‘shlig‘iga ko‘chib, rivojlanadi va to‘rt-o‘n to‘rt kundan keyin oxirgi xo‘jayin - odam uchun zararli bo‘ladi. Parazitning oxirgi xo‘jayini odam va boshqalar suv bilan kasallik manbai bo‘lgan sikloplarni yutib zararlanadi. Oxirgi xo‘jayin ichagida sikloplar hazm bo‘ladi, undan qutilgan lichinkalar esa rivojlanaveradi. Parazitlar yuqqanidan keyin oradan bir yil o‘tgach, to‘liq yetiladi. Bemorlarda eshakemi, yuzi ko‘pchiganlik, shilliq pardalarning qizarishi, nafas qaytish holati kuzatiladi. Batszan ko‘ngil aynish, qusish, bo‘g‘inlarning yallig‘lanishi ro‘y beradi. Bakteriya infeksiyaning qo‘shilib ketishi natijasida yiring to‘planishi mumkin, gangrena, hatto butun organizmning zaharlanishi ro‘y beradi. Hozirgi kunda yer yuzida drakunkulyoz bilan 45 million kishi og‘rigan. Ittifoq davrida bu kasallik profesor L.Isayev tomonidan 1932 yildayoq tugatilgan. Gelmintologiya fanining biologik parazit ustidan yorqin g‘alabasiga ushbu kasallikning manbai - eski Buxoroda erishildi. Shunday qilib, rishta taslim bo‘ldi.


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Gijjalarni davolash yo’llari. Toshkent 2006 y


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80