Rashk

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Rashk odamzod yer yuzida paydo bo‘lganidan boshlab unga hamroh bo‘lib ksladi desak, xato qilmaymiz. Hozirgi zamoy tibbiyotida ishq, ya’ni sevgi alohida kasallik sifatida qayd qilinmaydi va u kasalliklar ro‘yxatida ham yo‘q. Sharq tibbiyoti bu masalaga alohida e’tibor bilai qarab, asosan, sezgi va muhokama ishlariga zarar yetkazadigan bosh kasalliklari turkumiga ishq (sevgi) dardini ham kiritgan.
Abu Ali ibn Sino: «Ishq vasvasa va melanxolikka o‘xshash bir kasallik bo‘lib, kishi u kasallikni ko‘pincha mahbubning ba’zi bir ko‘rinish va xulqlarini yaxshi ko‘rishga o‘z fikrini bo‘ysundirish orqali o‘ziga chaqirib oladi, Goho bunga urug‘ ham yordam beradi, ba’zan u yordam bermaydi. Ishqning alomatlari: ko‘z chuqur tushadi va quruqlashadi, yig‘lashdan boshqa vaqtda ko‘z yoshlanmaydi, ko‘z qovoqlari muttasil harakat qilib turadi, kishi yoqimli bir narsaga qaragan, yoki shodlantiruvchi bir xabarni eshitgan, yoki hazil qilayottan kabi kuladi, uning nafasi ko‘p uzayib yana joyiga qaytadi va ko‘p oh-uh tortadi. G‘azal eshitganda ahvoli shodlik va kulgiga yoki g‘amginlik va yig‘iga tomon o‘zgaradi, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda shunday bo‘ladi. Ko‘zdan bo­shqa hamma organlari so‘lib ozadi, ko‘z go‘lachining chuqur tushishi bilan birga qovoklari kattalashib, salqiydi, buning sababi uyqusizlik va oh tortishning ko‘payib, boshga bug‘ yuborib turishidir. Uning o‘zini tutishida tartib bo‘lmaydi, tomirinipg urishi g‘amgin kishilarniki kabi notekis va butunlay betartib bo‘ladi», dsb ishq xastaligining klinik belgilarini tasvirlaydi.
Rashkni ham ishq kasalligining hamrohi yoki qoldig‘i desak, menimcha, xato qilmaymiz. Mashhur «Qobusnoma» asarinipg muallifi Kaykovus ham rashk haqida quyidagicha pand-nasihat qilgan: «Agar sen xotiningga rashklik qilmasang, u seyega samimiyat bila munosabatda bo‘lur. U senga ota-onang va farzandingdin ham mushfiqroq bo‘lur va senga un­din do‘stroq kishi topilmas. Agar unga g‘ayrat ko‘rguzsang, senga ming dushmandin dushmanroq bo‘lur va begona dushmandin hazar qilsa bo‘lur, lekin undin hazar qilib bo‘lmas. G‘ayrat mardin bajo kelturg‘il. Beg‘ayrat kishii kishi demagil. Har kishida g‘ayrat bo‘lmasa, dini ham bo‘lmag‘usidir. Xotinni aytg‘onimdek tutg‘ondin so‘ng, agar Xudoyi Taolo senga farzand bersa, uning parvarishi fikrida bo‘lg‘il». O‘quvchilar bu hissiyot naqadar dahshatli hamda og‘ir oqibatlarga olib kelishini adabiyotdan va hast kundaliklaridan biladilar. Masalan, Abdulla Qodiriyniig «O‘tgan kunlar» romanidagi Otabek bilan Kumushbibi o‘rtalaridagi muhabbat va uning fojiasi, V. SHekspirniig «Otello» asaridagi Otello rashk tufayli Dezdemopani bo‘g‘ib o‘dirishi yoki «Gamlet» asarida go‘zal Ofeliyaning mudhish ruhiy kasallikdan o‘lishi bularga misol bo‘la oladi. Go‘zal Ofeliyaning fojiali o‘limidai naqadar ta’sirlangan lirik shoir Hamid Olimjon o‘z she’riy misralarida: Qani ayt-chi, nomard tabiat, Shunchalar go‘zalii nechun yaratding? Yaratding-u, o‘tlarga otding, - deb xitob qiladi. Rashk paydo bo‘lgandan so‘ng kishi ruhiy olamida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ilgari mahbubasidagi juda aziz bo‘lgan xislatlar endi salbiy ta’sir ko‘rsatib, rohatbaxsh huzur o‘rnini, alamzadalik xanjarini odam yuragiga sanchadi. Kishiga qandaydir ovoz: «Bu rohatbaxsh zavqlanish, sening raqibinga nasib qiladi», - deb pichirlagandek tuyuladi. Har qanday ilgari qiziq bo‘lib ko‘ringan narsalar endi hech qanday xursandchilik chaqirmaydi, endi sevgilisini yanada qattiqroq sevishi uchun yangi fazilatlar kashf etmaydi, bular hammasi faqat raqibi ustunligidan dalolat bergandek tu­yuladi. Raqibingiz siz bilan bitta guruhda o‘qiydi, mahbubangiz ham shu guruhda. Sizni ongingizda raqibingizning sizdan ustunligi haqidagi fikr qattiq o‘rnashib oladi, bu hol sizni qiynaydi, azob-uqubatlarga soladi. Sizni raqibingiz uchun o‘rta holat bo‘lishingiz mum­kin emas, siz u bilan doimo muloqatda bo‘lib, o‘zingizni erkin tutib, uni nazar-pisand qilmagandek ko‘rinishingiz yoki bo‘lmasa, uni qo‘rqitib qo‘yishingiz lozim bo‘la­di. Rashk har qanday xor-zorlikdan yomon, u o‘z hayotingizni qurbon qilishingizgacha olib kelishi mumkin. Bu holatdan ustalik bilan qutulish uchun biron-bir tadbir qilishingiz kerak bo‘ladi.
Birinchidan, siz o‘z ssvgingizni mumkin qadar raqibingizdan pinhona tutib, unga juda yumshoqlik bilan: «Odamlarga hayronman, nimagadir ular mening to‘g‘rimda palonchini sevib qolibdi degan gai taraqatishyapti, agar meni izzat-hurmatimga darz ketmasa, men u go‘zalni sizga lozim ko‘rar edim», - deysiz. Oradan biroz vaqg o‘tgandai so‘ng sevgiligingiz, albatta, o‘zingizga buyuradi. Sevgilingizning sevgisi haqiqiyligi haqida hukm chiqarishda quyidagilarga ahamiyat bering: 1. Agar sevgi asosida fizik ehtiros ko‘proq bo‘lsa va u qachonlardir yaqinlikka olib kelgan bo‘lsa, bu sevgi tutiriqsiz hamda xiyonatli bo‘ladi. Bunday sevgi 14-15 yoshlarda ko‘proq yuz beradi.
2. Bir-birini sevuvchi ikki kimsaning ehtirosi hech qachon bir-biriga aynan o‘xshamaydi. Ishq ehtirosning o‘ziga xos davri bo‘lib, bu davrda sevishganlarning biri ko‘proq zavq bilan sevadi. Bunda ko‘pincha xayol sevgi ehtirosiga, hayajon va jazavaga beriladi. Xullas, sevishganlardan birining sevgi darajasi qanday bo‘lishidan qati nazar, agar o‘rtada rashk paydo bo‘lsa, sevgilisining sevgi ehtirosi jo‘shqinlik ila yurakning yumshoq torlarini chertib bu rashkni yo‘q qilishi lozim. Sevimli yorining rashki hech qanday asosga ega bo‘lmasa, bunday rashk ayol g‘ururiga, izzat-nafsga tegadi, uni keyinchalik tushunish va yupatish nihoyatda ogir kechadi. Rashk ba’zi g‘ururli ayollarga sevgining eng ishonchli dalili sifatida yoqadi va u o‘z hukmdorligidan mamnun bo‘ladi. Rashk muhabbat dalili sifatida ba’zi ayollarga juda yoqsa, ba’zi ayollarning izzat-nafsiga tegishi ham mumkin. Ayrim holda rashk ba’zi ayollarga sevgilisi­ning qahramonligi sifatida ham yoqadi.
Har bir millatniig o‘ziga xos sevgi ehtirosi bo‘la­di, shuning uchun adabiyotlarda ular fransuzlar, italiyanlar, inglizlar, ispanlar, nemislar, amerikaliklar sevgisi deb alohida ajratiladi. Ular orasida haqiqiy chin sevgining timsoli sifatida qora chodraga o‘ralgan badaviy arablarni ko‘rsatish mumkin. Ularning rashki ham qahrli va fojiali bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Lazzatlanish sirlari. Toshkent 1997 y


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80