Raqamlar qachon kashf etilgan?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Raqamlar haqida gapirish oson: ikkiga ikkini qo‘shsak — to‘rt bo‘ladi. Lekin inson raqamlar haqida bunday oson fikr yuritish darajasiga erishgunicha million yillar sarfladi. Inson uchun raqamlarning murakkabligini yosh bolalarning zamonaviy sanoq tartibini qanchalik qiynalib o‘zlashtirishlaridan ham bilsa bo‘ladi.
Qadim o‘tmishda, inson molining nechtaligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, sanoqni bilmaganidan katta qopga molining miqdoricha tosh solib yurgan, Mollarning soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, qon ham shunchalik katta bo‘lgan. Darvoqe, bugungi kunda hamma biladigan "Kalkulyator" so‘zi lotincha "kalkulyus", ya’ni "tosh" ekanligini bilarmidingiz ? Keyinchalik inson turli miqdordagi sonlarni ifodalashda ramziy belgilardan foydalana boshladi. U sanaladigan predmetlarni chiziqcha yoki boshqacha shakldagi belgilar bilan ifodalashni o‘rgandi, lekin avvalgiday, hali raqamlarning so‘zlardagi ifodasi topilmagan edi. Yana bir qancha vaqtdan keyin inson qo‘llaridagi barmoqlarni sanashni o‘rgandi. Barmoqlarning o‘ntaligi — o‘nlik sanoq tartibini vujudga keltirdi.
Qadim zamonlarda, mamlakatlar yagona sanoq tartibi bo‘lmaganligi tufayli ayrim xalqlar 12 lik tartibga amal qilsa, boshqalari 60 lik, 20, 2, 5, 8 lik sanoq tartibiga rioya qiladigan bo‘lishdi. Rimliklar tatbiq etgan raqamlar tartibi XVI asrga qadar Yevropa mamlakatlarida qo‘llanib kelingan. Hozirgacha soatlar va kitoblarning boblarini ifodalashda rim raqamlaridan foydalaniladi.
Bugun biz qo‘llayotgan hisob tartibi bundan ming yillar muqadlam Hindistonda vujudga kelgan bo‘lib, IX asrda Muhammad Xorazmiy tomonidan arab va ajam dunyosiga olib kirilgan va u X-XSH asrlarda Yevropaga tarqalgan. Mazkur sanoq tartibi unlik raqam tizimiga asoslangan bo‘lib, unda — 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 va 0 raqamlari qo‘llaniladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80