Radiy nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Radiy bu — radioaktiv modda. Radioaktivlik nimani bildiradi? Barcha kimyoviy moddalar atomlardan tarkib topgan, dedik. Aksariyat atomlar o‘zgarmaydigan, barqaror sifatlarga ega bo‘ladi. Lekin atomlarning eng og‘irlari parchalanib, boshqa atomga aylanadi. Ana shunday parchalanishlar jarayoni "radioaktivlik" deyiladi. Har bir radioaktiv modda parchalanish jarayonida ma’lum bir tezlikda o‘zidan nur taratadi. Ushbu jarayonni hech bir usul bilan tezlashtirib yoki sekinlashtirib bo‘lmaydi. Bunda moddalarning ayrimlari sekinroq, ayrimlari esa tezroq parchalanadi va bu jarayon inson izmiga ham bo‘ysunmaydi. Radiy uz parchalanishining so‘nggi bosqichida qo‘rgoshin moddasini hosil qiladi. Masalan, yarim gramm radiy boshqa, vazni yengilroq moddaning atomiga aylanishi uchun 1590 yil ketar ekan. Qolgan radiyning uzgarishi uchun yana shuncha yil kerak buladi va bu jarayon uning tuliq qo‘rgoshinga aylangunicha davom etadi.
Radiyni er-xotin tadqiqotchi-olimlar — Mariya va Pyer Kyurilar kashf qilishgan. Ular o‘z tadqiqotlari natijasida tarkibida uran bulgan bir tonna uranitni aralashmalardan tozalashadi. Uran o‘zidan ko‘rinmas nurlar chiqarishi ma’lum edi, lekin Kyurilar uning tarkibida yanada kuchliroq modda bo‘lishi kerak, deb taxmin qilishgan. Darhaqiqat, urandan dastlab yana bir radioaktiv modda poloniyni ajratib olishadi va nihoyat, radiy ham kashf etiladi.
Radiy o‘zidan uch xil nur tarqatadi, bular — alfa, beta va gamma nurlaridir. Alfa-nurlanish bu — juda tez harakat qiluvchi geliy zarrachalaridir. Beta-nurlanishlar bu — tezkor elektronlardan iborat. Gamma-nurlanish esa rentgen nurlariga o‘xshaydi, lekin ular juda katta singib boruvchan kuchga ega. Ushbu nurlanishlarning birortasini o‘zidan taratgan atom o‘zgarib, boshqa bir moddaga aylanadi. Buni moddalardagi "atom o‘zgarishlari" deyish mumkin.
Nega radioaktivlik inson uchun xavfli deyiladi? Atomlarning parchalangan zarralarini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring. Mazkur zarralar boshqa atomlarga kelib urilganida, ularni ham yemirib, kimyoviy tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Bu zarralar teri qavatini kuydirib yuborishi, qizil kon tanachalarini o‘ldirishi, shuningdek, boshqa hujayralarda ham o‘zgarishlar sodir etishi mumkin. Demak, radioaktivlik insonga ham foydali, ham xatarli kechishi mumkin ekan.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80