Quyosh tizimimiz nega bunday shaklda?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Quyosh tizimimizning shakli nega bundayligi hozircha bizga noma’lum. Koinotdagi boshqa quyosh tizimlari kabi uning ham tarkibi va shakli hozirgidan o‘zgacha bo‘lishi mumkinmidi? Albatta! Bu — uning yuzaga kelayotganida qanday fazoviy jarayonlar turtki bo‘lganligi bilan bog‘liq. Inson Quyosh tizimining qanday qilib vujudga kelganligini bilmasa-da, hozirgi holatining barqarorligini ta’minlovchi bir qancha tabiat qonunlarini kashf etishga muvaffaq buldi. Yer ham, uziga fazodosh bulgan boshqa sayyoralar kabi Quyosh orbitasi atrofida aylanadi. Yerning Quyosh atrofida bir bor aylanishini biz "yil" tushunchasi bilan udchaymiz. Ayrim uzga sayyoralarning orbitalari Yernikiga nisbatan keng, ayrimlariniky esa kichik ham.
Quyosh tizimimiz qanday qilib vujudga kelgan? Uning tarkibidagi sayyoralar nega aynan shu hajmda? Nega ular uz orbitasi buylab harakat qiladilar? Bu savollarga aniq javob berish uchun falakiyotshunoslar ikki xil taxmin qilishadi. Birinchi taxmin mualliflarining fikriga ko‘ra, Quyosh va uning atrofidagi sayyoralar aylanma harakat qiluvchi qaynoq gaz va chang zarralaridan iborat ulkan bulutdan vujudga kelgan.
Ikkinchi nazariya. Mualliflar utmishda Quyosh boshqa bir yulduzga yaqinlashishi natijasida uning ulkan "parcha"si ajralib, uz atrofida aylana boshlagan, deyishadi. Quyosh atrofida aylanuvchi ana shu "parcha"dan Yerimizga fazodosh bulgan boshqa sayyoralar vujudga kelgan. Ushbu nazariya mualliflarining qaysi biri haq ekanligi hozir biz uchun qorong‘i. Biz faqat Quyosh tizimining hozirgi holati, ma’lum bir ma’noda, tasodiflar tufayligina hosil bulgan deyishimiz mumkin.
Quyosh tizimi bugungi kurinishda uzining barqarorligini qanday saqlamoqda?
Atoqli olim Kepler nomi bilan ataladigan qonunga asosan, barcha sayyoralar Quyosh atrofida egri chiziq (ellips)li yunalishda harakatlanadi. Sayyora Quyoshga anchalik yaqin bulsa, uning harakati shunchalik tezlashib boradi. Shu urinda Kepler kashf qilgan sayyoralarning harakatlanishi haqidagi qonun Nyuton kashf qilgan jismlarning. uzaro tortishishi haqidagi qonunga asoslanganini ta’kidlash joiz. Binobarin, Quyosh tizimi sayyoralarning ana shunday uzaro tortishish kuchlari tufayli shakllangan deyish mumkin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80