Quyosh nega qizarib botadi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Oqshom Quyosh g‘arb tomonga cho‘kayotganida lola rangida lovillab, undan taralayotgan qip-qizil nurlarning ufqda ajib jilolanishidan zavqlanmaslik mumkynmi? Yo‘q albatta! Manzaraning sohirligidan hayratlanib, Quyoshga tikilgancha: "U bunChalar qizil bo‘lmasa!" deymiz. Aslida Quyosh qizil rangda emas, faqat u ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir masofada ko‘zimizga qizarganday bulib kurinadi. Ayni shu paytda, bizdan bir necha ming kilometr g‘arbdagi odamga Quyosh qizg‘ish bo‘lib ko‘rinmaydi. Kun botayotgan paytda ufq rangi Quyosh nurlarini o‘tkazayotgan havo qatlamlari ta’sirida o‘zgaradi. Quyosh ufqqa qanchalik yaqinlashganday bo‘lsa, uning nurlari shunchalik qalin havo qobig‘i orqali o‘tadi va rangi qizaradi.
Avvalo shuni yodda tutish kerakki, Quyosh nurlari barcha ranglarning qorishmasidan tarkib topadi. Odatda barcha ranglar qorishmasi ko‘zimizga oq rangda namoyon buladi. Havo qobig‘ida esa Quyosh nurlarini o‘ziga singdirib olgan chang zarralari, suv buglari va yana turli xil aralashma moddalar mavjud. Havoda qizil va 'sariq zarralarga nisbatan binafsha, ko‘k va yashil zarralarga nur yaxshi singishi tufayli Quyosh ufqqa botayotgan paytda ko‘zga qizgish kurinadi, Aytganday, osmonning zangor rangda ko‘rinishi ham yorutlikning tarqalishidan kelib chiqadi. Binafsha va ko‘k ranglar qisqa to‘lqinli bo‘lgani sababli qizil rangli to‘lqinlar spektriga nisbatan havo qobig‘i oralab o‘n marta tez tarqaladi. Shu bois, havo qobigi qizil ranglarni o‘tkazsb, yashil ranglarni o‘z tarkibidagi chang zarralari va suv bug‘larida jilolantiradi. Osmonga nazar tashlaganimizda, nurlarning ana shu jilolanishi tufayli koinot ko‘zimizga zangor rangda kurinadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80