Qovurilgan baliq

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qovurish uchun hamma turdagi baliqlarni ishlatish mumkin, ammo zog'ora baliq, lesh, sazan, vobla, seld, salaka, navaga, kryuka, skumbriya, kumushrang хек, kapitan-baliq, zuban, makrurus, stavrida, okean buqachasi qovurib pishiril-ganda o'ziga xos xushxo'r bo'ladi. Ko'pgina qovurilgan baliq taomlari osyotr oilasidagi — sudak, laqqa baliq, okun, losos turidagi baliqlardan tayyorlanadi. Qovurilgan baliq yuzidagi qizg'ish qobiq hisobiga aniq sezilari mazaga ega bo'ladi. Bu qobiq tarkibi yuqori ozuqalik moddalarga ega va bu moddalar qovurish jarayonida o'zgarish hodisasiga uchramaydilar. Qovurish jarayonida baliq ma'lum darajada yog'ni o'z taniga singdirib, to'yimlilik darajasi oshadi.
Baliqlar asosiy usulda, ya'ni oz va ko'p qizdirilgan yog'da qovuriladi. Mayda baliqlar butun holda, o'rtacha va yiriklarini porsiyaga bo'lib, osyotr oilasidagi baliqlar porsiyalarga yoki zvenolarga bo'lib qovuriladi. Baliqlarni qovurish uchun o'simlik yog'laridan kungaboqar, olivka, paxta yogiari hamda pazandachilik moylari ishlatiladi. Pazandachilik moyi (frityur moyi) o'z tarkibida hayvonot yog'i va o'simlik yog'i aralashmasidan tashkil topgan bo'ladi. Bunday moy yuqori darajada qizdirilganda o'z tarkibini kam o'zgartirish, tutash xususiyatini kamaytirish xossasiga ega ekanligi bilan birga qovurilgan baliqqa yaxshi maza va chiroyli tashqi ko'rinish beradi. Yog' tarkibining o'zgarishi uning tozaligiga va yog'ni qizdirish darajasiga bog'liq bo'ladi. Bunda tozalanmagan yog' tozalangan yog'ga nisbatan ko'proq o'zgaradi. Qovurish jarayonida ko'p yog' miqdori vaqti-vaqti bilan suzib, tashqi mahsulotlardan tozalanib turilishi va awalgi hajmining yarmidan kamayib qolmasligini kuzatib turish lozim. 1 kg baliq mahsulotiga 4 kg yog' miqdori olinadi va tova, elektr tova, chuqur tova va frityurnitsalarda qovuriladi. Agar qovurilgan baliq sovuq taom sifatida ishlatiladigan bo'lsa, o'simlik yog'ida qovuriladi.
Qovurilgan baliq. Ishlovdan o'tgan baliq yuvilgandan so'ng suvi silqitiladi, tayyorlangan butun yoki porsion bo'lakka bo'linganiga tuz, murch sepib, unga belanadi va qizib turgan yog'ga terisi bilan qo'yib, ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. Qovurish jarayoni 140— 160°C li haroratda 5—10 minut davomida olib boriladi. Qovurilgan baliqlarni tayyor holga keltirish uchun 250°C li qovurish shkafiga 5—7 minut qo'yiladi. Baliqlarni umumiy qovurish muddati 10—20 minut davom etadi. g'ovurish oxirida baliq ichidagi harorat 85—90°C ga yetadi. Baliq tayyor bo'lganini yuzida mayda rangsiz sharchalar hosil bo'lish holatidan aniqlash mumkin. Qovurilgan baliq tayyor bo'lgan zahoti iste'molga tarqatiladi.
Isitilgan likobcha yoki porsiyali laganchaga qovurilgan, pishirilgan yoki pyure holidagi kartoshka solinib yoniga qovurilgan baliq qo'yiladi, ustidan eritilgan sariyog' qo'yib beriladi. Alohida sardak idishida tomatli oq, qizil asosiy yoki sabzavotli tomat sardagi qo'shib beriladi. Taomni bezash uchun ko'kat va limon parragi ishlatiladi. Qovurilgan baliq uchun garnir sifatida dimlangan karam, grechixa bo'tqasi, qovurilgan qovoqcha, baqlajon, pomidor hamda pishirilgan sabzavotlar ustiga yog' sepib beriladi. Baliq 132 dan 237 g gacha, bug'doy uni 6 g, o'simlik yog'i 5 g, garnir 150 g, sardak 75 g, sariyog' yoki margarin 7 g. Sof og'irligi 257 g yoki 325 g.
«Leningradcha», piyoz bilan qovurilgan baliq. Saralab, yuvilgan kartoshka terisi bilan chala pishirilib, sovitilib, po'sti tozalanadi, parrak-parrak to'g'ralib, asosiy usulda ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. Bosh piyoz halqa shaklida to'g'rahb, unga belanib, yog'da sarg'ish rangga kirguncha qovuriladi.
Porsiyalangan baliq ikki yoqlama tuz sepib, unga belanib, asosiy usulda qovurilib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda porsiyali tova o'rtasiga qovurilgan baliqni qo'yib, atrofmi parrak-parrak shaklda qovurilgan kartoshka bilan o'rab, baliq ustiga yog'da qovurilgan piyoz qo'yib beriladi.
Ko'p yog'da qovurilgan baliq. «Butun baliq» yoki romb shaklida kesib porsiyalangan baliq bo'laklari 180°C da qizib turgan ko'p yog'ga sachratmasdan solinib, yuzida sarg'ish qobiq hosil bo'lguncha 5—10 minut davomida qovuriladi, so'ng yog'dan suzib olinib, tayyor holga yetkazish uchun tovaga solinib, qovurish shkafiga qo'yiladi.
Tarrqatishda isitilgan likobcha yoki laganga garnir sifatida tilim-tilim shaklida awal pishirib, so'ng qovurilgan yoki to'rburchakli uzun kesib, ko'p yog'da qovurilgan kartoshka solinadi, yoniga ko'p yog'da qovurilgan baliq, uning ustidan eritilgan sariyog' sepib, ko'p yog'da qovurilgan ko'kat va limon parragi bilan bezab beriladi. Alohida sardak idishida tomatli oq yoki komishonli mayonez sardagini berish mumkin. Osyotr balig'i 199 g, yoki sudak 192 g, yoki laqqa baliq 211 g, yoki kapitan-baliq 233 g, bug'doy uni 6 g, tuxum 1/7 dona, uvoq 15 g, pazandachilik moyi 10 g, garnir 150g, sardak 75 g, saryog', margarin 7 g. Sof og'irligi 325, 300, 257 g. Ko'katlar bilan aralashtirilgan sariyog'li qovurilgan baliq. 8 shaklida sixga tortilib tayyorlangan baliq yarim tayyor mahsuloti qizib turgan ko'p yog'ga solinib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi, so'ngra yog'dan olinib, sixdan ajratilib, tovaga qo'yib qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda ishlatilgan likobchaga ko'p yog'da qovurilgan kartoshka garnir sifatida solinib, yoniga qovurilgan baliq, uning ustidan ko'kat bilan aralashtirilgan sariyog' bo'lagi qo'yib, qovurilgan ko'kat va limon parragi bilan bezab beriladi. Bu taom tayyorlangan zahoti ko'k yog' bo'lagi erib ketmagan holda tarqatilish lozim. Bu taom uchun yana alohida idishda tomatli oq sardak ham berilishi mumkin.
Xamirga botirib qovurilgan baliq. Baliq sof filesidan to'rt burchakli to'g'ri kesib, marinovka qilib, tayyorlangandan so'ng, har bir boiagi ayriga yoki pazandachilik ignasi bilan olinib, suyuq xamirga (klyarga) botiriladi va qizib turgan ko'p yog'ga solinib, 3—4 minut davomida qovurib iste'molga tayyor holga keltiriladi. Xamirga botirilgan baliq yog' yuziga suzib chiqib sarg'ish qobiq hosil qilgandan so'ng suzib olinib, yog'i silqitiladi.
Tarqatishda tayyor baliq bo'laklari porsiyasiga 6—8 dona hisobida qog'oz sochiqcha yoyilgan lagancha yoki likobchaga piramida shaklida ustma-ust terilib, yoniga shu holda terilgan ko'p yog'da qovurilgan kartoshka qo'yiladi va limon parragi, ko'kat bilan bezaladi. Alohida idishda tomatli oq yoki kornishonli mayonez ham qo'shib berish mumkin. Ba'zi hollarda baliq kubik shaklida kesilib tayyorlanadi. Doncha zrazi. Shakl berib tayyorlangan qovurishga tayyor mahsulot qizib turgan ko'p yog'ga solinib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovunladi va tovaga solib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda likobcha yoki laganchaga garnir sifatida qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi yoki dimlab pishirilgan sabzavot, dona grechixa bo'tqasi yoki 3—4 xil sabzavot aralashmasidan tashkil topgan murakkab sabzavot garniri solinib, yoniga 1 yoki 2 bo'lak doncha zrazi qo'yiladi, uning ustiga eritilgan sariyog' yoki alohida tomatli oq sardak qo'yib beriladi. Tomat ko'kat va qo'shimcha garnir bilan bezaladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80