Qor uchquni nega olti burchakli bo'ladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
(перенаправлено с «Qor uchquni nega olti burchakai buladi?»)
Перейти к: навигация, поиск

Qor uchqunini tabiat yaratgan go‘zal va mukammal asarlardan biri deyish mumkin. Bunday nafis va nozik shaklni yaratish uchun inson juda kup vaqt sarflagan bulardi. Tabiatda esa bunday nozik va shaklan bir -biriga uxshamaydigan milliard-milliard qor kapalaklari ko‘kdan yerga yogilib, uni sovuq va qalin momiqqina "kurpa"ga burkaydi. Qor bu — muzga aylangan suv bug‘idir. Agar u muz bulsa, rangsiz bulishi kerak edi, qor esa oq rangda. Nega shunday buladi? Sababi, qor uchquniga aylangan muz kristallari nurda tovlanib, kuzimizga oq bulib kurinadi.
Suv molekulalarining ma’lum bir geometrik shakldan muzga aylanganida, biz ularni "kristallar" deymiz. Suv molekulasi uchta zarra — ikki atomli vodorod va bir atomli kisloroddan iborat buladi. Undan uch yoki olti burchakli kristallar yuzaga keladi. Suv buglaridan hosil bo‘lgan kuzga ko‘rinmas mayda kristallar atmosferadagi havo oqimida pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga harakat qilishi natijasida chang zarralari va suv tomchilari atrofiga birika boshlaydilar. Bitta chang yoki suv tomchisidan iborat yadro atrofiga yuzlab kristallar birikib, vazni ogirlashgach, ular "kapalak" singari yerga yoyiladi. Ana shu nafis, bejirim "kapalaklar" ayrimlarining diametri uch santimetrgacha kattalikda bo‘lishi mumkin. Ularning hajmi haroratga bog‘liq: harorat qancha past bo‘lsa, hajmi ham shuncha mayda bo‘ladi.
Sayyoramizning ba’zi mintaqalariga yashil, ko‘k, qizil va hatto qora rangli qor yoqqan paytlar bo‘lgan. Bu o‘sha mintaqadagi havoda yuqori qatlamlar ana shunday rangdagi chang yoki zamburug‘lar borligidan dalolat beradi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80