Qiz bola

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qiz bola bilan o‘g‘il bolalar, birinchi navbatda, avratlari, jinsiy a’zolari bilan farq qiladilar. Jinsiy a’zolar — nayel, zurriyot qoldirish a’zolaridir. Bunday a’zolar ichki va tashqi a’zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy a’zolar endokrin (tirik orga-nizmni boshqaruvchi) apparat funksiyasini ham bajaradi; ular erkak va ayollarga moye jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonga tushib, shu jinsga xos ikkilam-chi jinsiy belgilarning o‘z vaqtida yuzaga kelishi va organizmda fiziologik jarayonlarning maromida kechishini ta’minlaydi. Qizlarning ichki jinsiy a’zolari qin, bachadon, uning naylari (tuxum yo‘llari) va tuxumdondan iborat. Qin — naysimon, muskulli, elastik a’zo bo‘lib, qizlarning qizlik pardasi-dan boshlanib, bachadon bo‘yni yopishadigan joyda tugaydi. Qiz bolalarda qin teshigi yupqa parda (qizlik pardasi) bilan beki-lib turadi. Parda o‘rtasida kichkina teshik bor. Birinchi jinsiy aloqada qizlik pardasi yirtiladi. Qin shirasi (sekreti) oqim-tir, o‘ziga xos hidli bo‘lib, qin shilliq pardasini ozgina namlab turadi. Sog‘lom ayol qin chiqindilarini sezmaydi. Bachadon — toq, kovak a’zo bo‘lib, muskullardan tuzilgan, u kichik chanoq bo‘shlig‘ida qovuq bilan to‘g‘ri ichak orasida joylashgan, shakli nokka o‘xshaydi; homila shu yerda yetiladi. Uning yuqoriga qaragan tubi, kengroq qismi — tanasi va torroq bo‘yin qismlari bor. Bachadon bo‘shlig‘i uchburchak shaklda bo‘lib, bachadon bo‘ynining kanaliga o‘tadi. Uning ustki ikki yon burchaklaridan bachadon naylari (tuxum yo‘llari) boshlanadi. Bachadonning hamma qismla­ri oldindan orqaga tomon yassilashgan. Uning devori ichki — shilliq qavat (endometriy), o‘rta — muskul qavat (miometriy) va tashqi — seroz qavat (qorin pardasi — perimetriy)dan iborat; shilliq qavat esa epiteliy va qon tomirlardan tuzilgan. Atrofi-dagi to‘qimalar parametriya deb ataladi. Bachadonni katta-kichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari o‘z o‘rnida ushlab turadi. Homiladorliqda muskul tolalarining yo‘g‘on tortishi va yangi tolalar paydo bo‘lishi hisobiga bachadon kattalashadi. Bacha­don naylari — tuxum yo‘llari yoki fallopiy nayi deb ham yuriti-ladi; juft a’zo. Uning bir uchi bachadonga tutashsa, voronkasimon kengaygan ikkinchi uchi tuxumdon yuzasida qorin bo‘shlig‘iga ochiladi. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra shu naylardan bachadonga o‘tadi. Bachadon naylarining peristaltik harakati tufayli tuxum hujayra bachadon tomonga harakatlanib boradi.
Qizlarning tashqi jinsiy a’zolariga qov, katta va kichik jinsiy (uyatli) lablar, klitor, qin dahlizi va Bartolin bezlari kiradi. Tashqi va ichki jinsiy a’zolar o‘rtasidagi chegara qizlik pardasidir. Qov — qorin old devorining eng so‘nggi qismi; terisi jun bilan qoplangan. Katta jinsiy lablar ikkita teri burmasidir, ular oldingi tomonda qov terisiga o‘tadi, orqa tomonda esa sekin-asta torayib, pastga tushadi; o‘rta chiziqda bir-biriga qo‘shilib, orqadagi bitishmani hosil qiladi. Katta jinsiy lablar sirtiga balog‘atga yetgandan boshlab jun chiqadi, unda teri va yog‘ bezlari bor, ichki yuzasi nozik pushti teri b-n qoplangan. Katta jinsiy lablar orasidagi kamgak — jinsiy yoriq deyiladi. Katta jinsiy labning pastki qismida qin dahlizining katta bezlari — Bartolin bezlari bor. Kichik jinsiy lab­lar — uzunasiga ketgan teri burmalarining ikkinchi jufti katta jinsiy lablarning asosi bo‘ylab yotadi, unda qon tomirlari va nerv oxirlari ko‘p. Klitor — rudimentar a’zo, kovaksimon tanadan tuzilgan, qon tomirlari va nervlarga boy, terisida nerv oxirlari ko‘p. Klitor — jinsiy his a’zosi. Qin dahlizi — oldin­gi tomondan klitor, orqa tomondan katta jinsiy lablarning orqadagi bitishmasi, ikki yon tomondan kichik jinsiy lablar­ning ichki yuzasi bilan chegaralangan. Qin dahliziga siydik chiqarish kanali (uretra) ochiladi.
Qizlar jinsiy a’zolari ancha nozik bo‘ladi. Ko‘pincha qiz bolalar balog‘at yoshida gavdasiga qarab, tana a’zolarining kuch- quvvatini e’tiborga olmagan holda og‘ir yuk ko‘tarib qo‘yadi va bu hollarda bachadon, qin tushishi mumkin. Ba’zan jinsiy a’zolar-ning kasalliklarini vaqtida davolatmasligi oqibatida bachadon yoki tuxum yo‘llari qayrilib (zagib) qolish hollari kuzatiladi. Balog‘at yoshidagi qizlarning jismoniy ulg‘ayishining yana bir belgisi — jinsiy a’zolardan oqchil ajralishi. Oqchil — o‘ziga xos hidli oqimtir chiqindi. U asosan har bir sog‘lom qiz yoki ayol qinida doim bo‘ladi. Oqchil asosan qiz bolaning balog‘atga yetish davrida, hayz ko‘rish oldidan, turmush qurgandan so‘ng esa ayolning homiladorlik davrida va uning chilla davrida ko‘proq ajraladi. Chunki bu vaqtda jinsiy a’zolarga qon ko‘proq quyilib, tuxumdon funksiyasi kuchayadi. O‘zini pokiza tutadigan qiz juvonlarda oqchil ajralishi deyarli sezilmaydi, uning ko‘payishi yoki rangining o‘zgarishi jinsiy a’zolarning biron-bir kasalligi alomatidir.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80