Qaynatib pishirilgan baliq taomlari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qaynatib pishirish uchun har qanday baliq turlari — treska, qalqonbaliq, laqqa baliq, sudak, zubatka, cho'rtan baliq, ko'mir va muz baliq, moreu, osyotr oilasi balig'i va boshqalar ishlatiladi.
Porsiyalarga bo 'lib pishirish uchun suyakli terili, suyaksiz terili filega ajratilgan va ko'ndalangiga dumaloq kesilgan baliq bo'laklari ishlatiladi. Tayyorlangan baliq chuqur tova yoki baliq qozoniga terisini yuqoriga qilib qo'yiladi. 1 kg baliq uchun 2 1 suv olinadi. Ustidan ishlovdan o'tgan xom sabzi, ko'kat ildizi, piyoz hamda tuz, lavr yaprog'i, donador murch solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqach, olovi pasaytirilib, harorati 85—90°C li suvda 5—10 minut qaynovsiz pishiriladi. Bunda baliq yuzida quyuqlashgan oqsillar ajratib olinadi. Taomni iste'molga tayyor bo'lgan-bo'lmaganini uning tashqi ko'rinishi bo'yicha mazasini ko'rish orqali aniqlanadi. 8-jadvalda baliq turiga qarab ularga issiq ishlov berish muddati keltirilgan. Agar baliq o'ziga xos xushbo'y hidga ega bo'lsa, lavr yaprog'i, donador murch va ko'kat ildizlari solinmay pishiriladi. Treska, zubatka, qalqonbaliq va boshqa dengiz baliqlari o'ziga xos o'tkir hidga ega bo'lganligi sababli pishiriladigan suyuqligiga awal xushbo'y hid, maza beruvchi ko'kat ildizi, piyoz va ziravorlar solinib, 5—7 minut qaynatiladi, so'ng bu suyuqlikda bodring suvi yoki sho'r bodring terisi solingan suyuqlik ham ishlatilishi mumkin. Bir porsiyaga 3 g hisobida tuz, 0,01 g donador murch, 0,01 g lavr yaprog'i ishlatiladi.
Pishish jarayonida o'z shakli, rangi, qattiq, yumshoqlik darajasini saqlab qolish uchun baliqni pishirishda 1 1 suvga 10 g sirka qo'shiladi. Pishirilgan baliq o'z suyuqligida saqlanib, 30—40 minut davomida ishlatiladi.
Butun holda pishirish uchun sudak, forel, losos, beloribitsa, cho'rtan baliq, nelm, sterlyad baliqlari ishlatiladi. Ishlovdan o'tgan baliq baliq qozoni qasqoniga qorni bilan qo'yilib, ip bilan bog'lanadi. Baliq ustidan 3 sm yuqori qilinib sovuq suv quyiladi, chunki sovuq suvni asta-sekin isitilishi natijasida baliq tanidagi yuza va ichki to'qimalariga bir xil darajada issiqlik ta'sir etib, bir xil pishishi uchun sharoit yaratiladi. Qaynatmaga ko'kat ildizlari baliq turiga qarab solinadi. Baliq qaynatmasi qaynab chiqqach, olov juda pasaytirilib, mahsulot iste'molga tayyor holga keltiriladi. Yuziga suzib chiqqan ko'pik suzib olinadi. Yirik baliq 1—1,5 soat, maydasi esa 30—45 minut qaynatiladi.
Baliq pishib tayyor bo'lganini aniqlash uchun eng qalin yeriga pazandachilik ignasi tiqib ko'riladi. Bunda rangsiz suyuqlik chiqsa, baliq iste'molga tayyor pushti suyuqlik chiqsa, uni yana qaynatish zarur bo'ladi.
Butun holda pishirilgan baliq o'z suyuqligida sovitiladi. Tarqatishdan awal suyuqlikdan olinib, ustidagi qotgan yoki quyuq holdagi oqsillari yuvilib, laganga qo'yib banket yoki kundalik taom sifatida ishlatiladi.
Osyotr oilasiga mansub baliqlar (sevryuga, osetrina hamda vazni 2—3 kg li beluga) baliq qozoni qasqoniga yoki maxsus pishinsh uchun mo'ljallangan idishga ten tomoni bilan qozonga solinadi. Ustidan sovuq suv quyib, qaynatib pishiriladi. Baliqning xushxo'rligini saqlab qolish uchun oz miqdordan ziravor va ko'kat ildizlari solinadi. Baliqlarni pishirish muddati uning turiga, mayda-yirikligiga bog'liq bo'lib, 45 minutdan 1 soatgacha yoki 1,5 soatdan 2,5 soatgacha davom etadi. Pishirish natijasida baliq vazni 15% gacha kamayadi.
Pishirilgan osyotr oilasidagi baliqlar o'z qaynatilgan suyuqligida sovitiladi va yuzidagi quyuqlashgan oqsillar o'z qaynatmasi bilan yuvib yuborilib, qolgan kemirchak suyaklari ajratilib patnisga qo'yiladi. Kemirchak suyaklarini ajratish natijasida baliq vazni yana 3—10% gacha kamayadi. Sovitilgan osyotr oilasiga mansub baliqlar kesilib, porsiyalarga bo'linib, sovuq taom yoki gazak sifatida ishlatiladigan bo'lsa, porsiyalar qaynatmada 70°C li darajagacha isitilib, so'ng iste'molga tortiladi. Baliq pishirish jarayonida hosil bo'lgan qaynatma suzib olinib, suyuq taom yoki sardaklarni tayyorlashda ishlatiladi.
Pishirilgan baliq. Ishlovdan o'tgan pishirishga tayyor baliq mahsuloti pishirib tayyor holga keltiriladi. Isitilgan likopchaga garnir sifatida bochkacha shaklida kesib pishirilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, sabzavot ragusi yoki ko'k no'xat solinib, yoniga issiq pishgan baliq bo'lagi terisi bilan yuqoriga qaratib qo'yiladi. Garnir ustidan eritilgan sariyog', baliq ustidan o'z qaynatmasi quyiladi va ko'kat qo'shib beriladi. Sardak idishida polyakcha sardak, oq asosiy sardak, tomat yoki smetana sardagi beriladi.
Gorbusha yoki keta 181 g, yoki sudak 192 g, yoki ola zubatka 146 g, yoki azov, qora dengiz skumbriyasi 176 g, qo'ng'iroq qora paltus 192 g, yoki okean stavridasi 205 g, yoki beldyuga 132 g, pishirishga tayyor mahsulotlardan makrurus 130 g yoki uzoq sharq skumbriyasi 132 g, sabzi 4 g, bosh piyoz 4 g, petrushka (ildizi) 3 g, garnir 130 g, sardak 50 g. Sof og'irligi 300 g.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты