Qanday toshlar qimmatbaho deyiladi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Qimmatbaho toshlar odamlarni hamisha hayratga solib kelgan. Ming yillardan beri odamlar, balo-qazolardan asrasin deb, ularni tumor o‘rnida ham taqib yurishadi. Aytishlaricha, ba’zi toshlar esa odamlar orasidagi aybdor-aybdor bo‘lmaganlarni ham aniqlab berish xususiyatiga ega ekan. Qadimda qimmatbaho toshlar faqat rangiga qarab ajratilgan. Qizg‘ish rangli barcha toshlarni "yoqut" deb atashgan. Barcha yashil toshlar "zumrad", ko‘klari "gavhar" deyilgan. Keyinchalik toshlarning pishiqligi, mustahkamligi va chidamliligi turlicha ekanligi aniqlandi. Shuningdek, toshlarning qiymati belgilanganda, ularning nafaqat rangi, sofligi va noyobligi, balki ularning pishiqligi ham hisobga olinadigan bo‘ddi. Masalan, bugungi kunda olmos nafaqat o‘zining chiroyi. balki qattiq va chidamliligi sababli ham noyob toshlar orasida eng qimmatbahosi sanaladi.
O‘zlaridan nur sochadigan barcha chaqnoq toshlar "javohirot" deyiladi. Aslida ularning faqat to‘rttasi — olmos, yoqut, zumrad va gavharni javhar deyish mumkin. Boshqalari — opal, ametist, topaz va hokazolar javohirotga yaqin (yarim qimmatbaho) toshlardir. Aksariyat javhar va yarim qimmatbaho toshlar xususiyat jihatidan o‘zaro bir-birlariga yaqin.
Javhar toshlarning eng noyobi — olmos tuzilishi jihatdan eng sodda tosh bo‘lib, u bitta kimyoviy moddadan — sof ugleroddan hosil bulgan. Yoqut va zumradlar "korundlar" (qattiq ma’danlar)dan yuzaga keladi. Yoqutlar tarkibida oz miqdorda temir bo‘ladi. Shuning uchun u och qizil rangga ega. Turli xil oksidlar ta’sirida zumradlar och yashil bo‘lib ko‘rinadi.
Aksariyat javhar toshlarda silikatlarning turli xil birikmalari jamlangan. Topaz, turmalin, gavhar, jadeitlar silikatlar turkumiga kyradi. Noyob bo‘lmagan, tabiatda kup uchraydigan chaqnoq toshlar sof kremnezemdan hosil bo‘lgan kvarslar turkumiga kyradi. Masalan, ametist — shular turkumidandir, opal esa bu — 5-10 foizi suvdan iborat bo‘lgan sof kremnezemdir. Darvoqe, amerikalik aholi orasida opal — javhar toshlar ichida sohibiga baxtsizlik keltiradi degan irim mavjud. Hozirgi paytda olmos, yoqut, zumrad va gavhar kabi javhar toshlarni sun’iy usul bilan yaratish ustida tajribalar olib borilmoqda. Ular qalbaki emas, balki aynan tabiiy toshlar bo‘lib, faqat ularning haqiqiysidan farqi shuki, bu toshlar laboratoriyalarda yaratiladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80