Qahrabo nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

O’tmish odamlari qahraboni mo‘jizaviy quvvatga ega deb bilishgan. Qadimda yunonlar hamda rimliklar qahraboni jodu va kasalliklardan asrashiga ishonib, bo‘yinlariga taqib yurishgan. Elektrlanish xususiyati tufaili, qadimda odamlar uning mo‘jizakorligiga ipyunip1gan. Haqiqatan, qahrabo parchasi qattiq ishqalansa, unda elektr zaryadi paydo bo‘lib, qrgoz bo‘laklari singari yengil narsalarni o‘ziga tortadi. Yunonlar uni "elektron" deb atashgan va undan "elektr" so‘zi paydo bo‘lgan. Qahrabo rangi sariq, shaffof, mo‘rt, qattiq bo‘lib, u million yillar muqaddam Boltiq va Shimoliy dengiz sohillaridagi qarag‘aylar tanasi ajratadigan yelimdan paydo bo‘lgan modda. Usha dengizlarning sohillaridagi qadim qarag‘ayzorlar yelimining ulkan miqdori bu yerlardagi tektonik o‘zgarishlar j:arayonida yer osti va dengiz suvlari tagida qolgan. Million yillar davomida daraxt yelimi endilikda biz bilgan qattiq mineral — qahraboga aylangan.
Dastlab qahrabo yumshoq yelim shaklida bo‘lgan. Shu sabab unga qurt-qumursqa, mayda hasharotlar yopishib qolgan. Ular qotgan qahrabo tarkibida xuddi tirikday saqlanib qoladi. Shuning sharofati bilan bugun biz million yillik chumoli va pashshalarni qahrabo parchalarida ko‘rish imkoniyatiga egamiz. Qahrabo yelimini aj:ratuvchi qarag‘ayzorlar, asosan, Boltiq va Shimoliy dengiz sohillarida o‘sgan. Qadimda qahraboni dengiz sohillaridan topishgan bo‘lsa, endilikda o‘sha mintaqalardagi konlardan qazib olmoqdalar.
Konchilar qahraboningsakkiz kilogrammgacha bo‘lgan sof parchalarini topgan bo‘lsalarda, ko‘pincha mayda bo‘laklar holida uchraydi. Asosan, ulardan mupgutuk hamda mayda taqinchoqlar ishlanadi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80