QANOTLI KASALLIK YUQTIRUVCHILAR

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Juft qanotli qon so‘ruvchi hasharotlar (so‘na, pashsha, mayda chivin, iskabtoparlar) hamma joyda tarqalgan. Bu qon so‘ruvchilar yetkazadigan zarar turli-tumandir. Pashshalar hamda mayda chivinlar odam va hayvonlarda bo‘ladigan vuxererioz, brugioz, onxotserkoz, dirofilyarioz va boshqa shu singari gelmintoz kasalliklarini yuqtiruvchilar hisoblanadi.
Vuxereriyalar - mayda, nozik, ipsimon nematoda bo‘lib, teri berchligi kasalligi qo‘zg‘otuvchisi hisoblanadi. Yetuk parazitning uzunligi 40 mm. keladi. Bu qurtlarning eng mayda lichinkalari kasallikni yuqtiruvchi pashsha chaqqanida odam qoniga o‘tadi. Vuxereriyalar lichinkasi odam qoniga kirganidan so‘ng limfa yo‘llari va tananing turli qismlaridagi tomirlarga to‘planib, xo‘jayinining zararlangan joyini juda shishirib yuboradi. Ularning tekinxo‘rlik qilishi natijasida, ko‘pincha oyoqlar shishib, oyoqda teri berchligi kasalligi paydo bo‘ladi. Vuxereriyalar odam tanasida 17 yilgacha tekinxo‘rlik qilishi mumkin. Odam va hayvonlarda uchraydigan onxotserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda chivinlar bo‘lib, chaqqanida kasallangan lichinkalarini oxirgi xo‘jayiniga ko‘chiradi.
Onxotserkalar - sut-oq rangli dumaloq qurtlar. Tanasi ipsimon, ikkita tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm.dan 11 sm.gacha. Ular oxirgi xo‘jayinining organizmida teri ostida, paylar va boshqa organlarda tekinxo‘rlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktirma to‘qimalar - yo‘llar hosil bo‘ladi. Bu yo‘llar odam tanasining turli qismlarida, ko‘pincha bo‘g‘imlar, qo‘l-oyoq va boshda to‘planadi. Lichinkalar - mikrofilyariyalar teri qatlamida yashab, terining ichida yara bo‘lishi va pigment ajralishini buzadi. Ba’zan lichinkalar ko‘zni ojizlantirib, hatto ko‘r bo‘lishga olib keladi. Hayvonlarda uchraydigan onkotserkalar yer yuzida, jumladan, bizning mamlakatimizda ham keng tarqalgan. Ulardan, ayniqsa, otlar va qoramollar azob chekadi. Onxotserkalar xalq xo‘jaligiga juda katta zarar keltiradi. Ular qoramol terisini zararlab, sifatini pasaytiradi. Shuning uchun parazitlarning barcha turlariga qarshi kurashish tibbiyot uchun ham, veterinariya uchun ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Odam va hayvonlarning barcha organlari hamda to‘qimalariga kira oladigan parazit qurtlar - gelmintlar dunyosi turli-tuman bo‘lib, ular odamlar salomatligi va xalq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi.
Hayvonlarda gelmintlarga qarshi kurashish, mollarni sog‘lom o‘stirish, ularning mahsuldorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Gijjalarni davolash yo’llari. Toshkent 2006 y


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80