Pupanak nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Ba’zida tabiat qayeddan insonga qarshi bulib, yashashiga xalaqit beradiganday, hasharot va usimliklar insonga qasd qilib, uning ustidan g‘olib bulmoqchiday tuyuladi. Biz uzimizni va mulkimizni asrash uchun hech bir chora ko‘rmasdan, hamma narsani o‘z holiga tashlab yashasak, tabiatda xayolga ham kelmagan necha turli kushandalar bizga hujum qilish uchun qulay fursat poylab yotganini kuramiz. Ana shunday qulay fursat kutib yotgan xavfli kushandalardan biri — pupanakdir.
Issiq kunlari ochiq havo va namda qolgan charm buyum, taom yoki murabboning yuzini bir necha kundayoq o‘rgimchak to‘riga o‘xshash oqish parda qoplaydi. Bir necha kun issiq va zax joyda qolgan non bo‘lagini mayda qora kukunli, o‘rgimchak to‘riga o‘xshabroq ketadigan oqish parda bosadi. Unga mikroskopdan qaralsa, bu "o‘rgimchak to‘ri"ning ikki xilda — kalta va uzun, rangeiz tolalardan iborat ekanligi ko‘rinadi. Uzun tolalarning uchlarida sporali mayda qoramtir sharchalardan non qora chang qoplaganday ko‘rinadi. Kalta tolalar — mag‘iz ichiga kirib, nondan oziqlanadi. Shu taxlit, zax yerlarda mikroskopik zamburug‘larning to‘planishidan hosil bo‘ladigan va narsalarni chiritadigan momiqsimon tuklar — po‘panak yoki mog‘or deyiladi.
Po‘panaklar ozuqa moddalar va nam yetarli joylarda rivojlanadi. Po‘panaklar ikki xil — unli va parazit po‘panaklarga bo‘linadi. Un po‘panak o‘simlik va hayvonlarning chirigan qoldiqlaridan hosil buladi. Parazit po‘panaklar tirik organizmlar hisobiga yashaydi. Ularni biz "mog‘or" deb ataymiz. Mog‘or ham ikki xil buladi. Bir xil mogorlar daraxt barglarida, butalarida, gul va mevalarida paydo buladi. Momiq mog‘or o‘simlikni ichdan zararlantiradi, Ayniqsa, kartoshka va uzumda paydo bulgan mog‘orni yuqotish qiyin.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80