Pukak nega suvda chukmaydi?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Baliq ovlayotganingizda qarmoqning po‘kagi cho‘kmasdan suv yuzasida qalqib turishining sababini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Po‘kakning suvga cho‘kmasligini bilgan qadim dengizchilar bundan ming yillar muqaddam undan qutqaruv kamarlarini yasashgan edi.
Po‘kak nega suvga chukmaydi? U suvdan yengil bo‘lgani, shuningdek havo bo‘lgan hujayralariga suv kirmaganligi tufayli chukmaydi. Jahon buyicha qo‘llaniladigan po‘kak materialining asosiy qismini pukak daraxti o‘stiriladigan Portugaliya va Ispaniya yetkazib beradi. Pukak daraxti balandligi 6-12, yug‘onligi bir metrga yetgunga qadar o‘stiriladi. Po‘kak ishlanadigan po‘stloq ilk bor daraxt yigirma yoshga yetganida gpilib olinadi. Po‘stloqning shilib olinishi daraxtga zarar yetkazmay, aksincha, uning yanada yaxshi rivolslanishiga yordam beradi.
Taxminan to‘qqiz yildan so‘ng undan yana po‘stloq shilib olinadi. Ana shu dastlabki ikki bor shilib olingan po‘stloq dag‘al va g‘adir-budir bo‘ladi. Yana to‘qqiz yildan keyin uchinchi shilinishda va ayni shunday davriy holatda yuz yilgacha davom etuvchi takroriy shilinishlardan olinadigan po‘stloqning sifati yaxshilangangandan keyin undan po‘kak ishlash mumkin. Shilib olingan po‘stloq bir necha hafta quyotttda yoyib quritilgach, yumshatish va uning tarkibidagi tanin kislotasini ajratib olish uchun qaynatiladi. Qaynatilgan yassi, egiluvchan po‘stloq quritilib, buyurtmachilarga lso‘natish uchun taxlab, bog‘lanadi.
Po‘kak ikki xil xomashyodan tayyorlanadi. Masalan, po‘kak daraxtidan olingan po‘stloqdan shisha tiqinlar, qarmoq qalqilari, qutqaruv nimchalari tayyorlanadi. Po‘kak po‘stlogini mayda kukunga aylantirib, yelim moddaga aralashtirib pipgiriladi. Undan olingan xomashyodan quvurlar uchun qoplamalar, poyafzal tagcharmlari, avtomobil prokladkalari, inuningdek, shisha idishlarning temir tiqinlariga tagliklar tayyorlanadi.
Po‘kak asosan binolarni shovqindan to‘sish, omborxona, sovitkich moslamalari, refrilseratorlarni izolyatsiyalashda keng qo‘llaniladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80