Protozoa nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Agar bir tomchi hovuz suviga mikroskop orqali qaralsa, unda millionlab mayda jonzotlar suzib yurganini kurish mumkin. Bular "protozoa"lar — bir hujayrali tirik tanachalardir. Barcha protozoalar suvda yoki zax joylarda yashaydi. Bu bir hujayralilar boshqa jonivorlar hayoti uchun uta muhim vazifani bajargani uchun ham olimlar ularning hayotini qiziqish bilan o‘rganishgan. Protozoalar "ov" qiladi, oziqlanadi, ularni hazm qiladi. Ular nafas olib, taomni yondiradi, chiqindilardan xalos bo‘ladi. Shuningdek, ularga yana qayta ishlab chiqarish ham xos.
Protozoalar oddiy bulinish orqali, shuningdek, "o‘simta"ning yorilib, yangi jonzot paydo bo‘lishi orqali kupaya boradi. Protozoalarning 15 000 dan ortiq turi bo‘lib, olimlar ularni guruhchalar yoki toifalarga ajratishgan. Ularning ikki asosiy toifasi bo‘lib, ular "rizopodlar" va "infuzoriyalar" deb ataladi.
Rizopodlar o‘zlari mavjud bo‘ladigan o‘rinlarga betartib joylashib oladilar. Tanaga qayta goyib bo‘ladigan "soxta" oyoqchalarga ham ega. Bu toifaga "foraminiforlar" yoki "burg‘ulovchilar" kiradi. Ular mayda teshikchali yupqa po‘stli bo‘ladi, sokin va iliq dengiz suvlarida yashaydi. Ulganidan keyin bu jonzotning dengiz tubiga cho‘kkan pustloqlaridan yuz yillardan keyin bo‘r qatlami hosil bo‘ladi.
Infuzoriyalar — protozoalarning yanada murakkabroq toifasidir. Ularning tanasi ustidagi ingichka soch tolalari suvda suzganlarida eshkak vazifasini o‘taydi. Protozoalarning ana shunday yanada mukammalroq shakllari "siliya" deb ataladi. Protozoalarning ayrim parazit turlari inson va hayvonlar tanasida yashaydi. Ular yashashining muayyan davrlarida sporalar hosil qiladi. Ularning ayrim turlari bezgak yoki uyqu kasalligini keltirib chiqaradi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80