Protoplazma nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Fanda turli-tuman, xilma-xil kashfiyotlar qilinadi, juda ko‘p tabiiy jarayonlar laboratoriya sharoitidatakroran sodir etiladi. Lekin bir modda borki, uni shu kungacha laboratoriya sharoitida sun’iy yaratishning iloji topilmadi. Bu protoplazmadir. Protoplazma — tirik organizm hujayralaridagi hayot uchun eng kerakli moddalardan hisoblanadi.
O‘simlik va tirik mavjudot tanalari hujayralardan iborat. Bir xil tana, masalan inson tanasi million-million hujayralardan iborat bo‘lsa, u boshqa turdagi jonzotlar, aytaylik, protoplazma atigi bir hujayradangina iborat. Kit, inson va atirgul hujayralari bir xil modda — protoplazma bilan tirik.
Hujayralardagi protoplazma, asosan ikki qismdan iborat bulib, markaziy, zich qismi — yadro; ikkinchi qismi — yumshoq va suyuq qismi "sitoplazma" deyiladi. Har bir tirik organizmning protoplazmasi o‘ziga xos shaklda buladi. Shuningdek, organizm ichidagi turli hujayralarning protoplazmalari ham o‘zigagina xos. Protoplazma turlarining xilma-xilligidan qat’i nazar, ularning barchasi 99 foiz uglerod, vodorod, kislorod hamda azotga ayrim kimyoviy moddalarning birikishidan hosil buladi. Shunday bo‘lsada, tirik organizmdagi barcha jarayonlarni protoplazma boshqaradi.
Tanaga ozuqa tushganida u hazm buladi yoki suyuqlikka ailanadi. So‘ng hazm bulgan ozuqa protoplazmaga shimilib, uning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Bu "assimilyatsiya jarayoni" deyiladi. Bu juda g‘aroyib jarayon protoplazma bulib, jonsiz moddani jonli materialga aylantiradi, ya’ni begona moddalardan o‘ziga monand modda yaratadi.
Shuningdek, protoplazma usimlik yoki jonzotlar tanasida energiyani to‘plab. ajratib chiqaradi. O‘zi tarkibiy bo‘lagi bo‘lgan tirik tana kabi, protoplazmada ham osoyishtalik va faollik davrlari buladi. Unga tashqi muhit ta’sir qiladi. U kuchli yoruglik va issiqlikdan nobud buladi. Kimyoviy moddalar uni o‘ziga tortadi yoki o‘zidak itaradi. Elektr quvvati protoplazma holatiga ta’sir qiladi.
Protoplazma va uning xususiyatlari haqida ko‘proq bilish uchun u haqdagi yangi-yangi kashfiyotlar fanda yaratilishi uchun olimlar hali juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazishlari lozim.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80