Poliz mahsulotlariga ishlov berish

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Poliz mahsulotlari tarkibida shakar, karotin, biroz oqsil, C va B guruhidagi darmondorilar bor. Dukkakli sabzavotlar tarkibida oqsil miqdori ma'lum darajada ko'proq bo'ladi.
Pomidor katta-kichikligi, pishgan darajasiga qarab (pishgan, o'rtacha pishgan, o'ta pishgan) saralanadi. Chirigan, ezilgan pomidorlar ajratiladi. Yuvilib, band tomonidan kesilib, bandi olib tashlanadi. O'rtacha kattalikdagi va mayda pishgan pomidorlar salat tayyorlash, qo'shimcha garnir ichiga qiyma tiqib tayyorlash uchun ishlatiladi.
Baqlajon saralanib, band tomonidan kesilib yuviladi, katta baqlajonlarning po'sti tozalanadi. Parrak-parrak, tilim-tilim shaklida kesib qovurish va kubik shaklida kesib suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi.
Qalampir (achchiq va shirin) saralanadi, yuviladi, ko'ndalangiga kesilib, urug'i tozalanib, yana yuviladi, ko'ndalangiga somoncha shaklida kesilib salat, suyuq ovqatlarga ishlatiladi, mayda kubik shaklida kesilib, suyuq ovqatlaiga ishlatiladi. Qovoq yuvilib, bandi kesiladi, bir necha bo'lakka bo'linib, urug'i, po'chog'i tozalanadi va yuviladi. Kubik, tilim-tilim, palladia shaklida kesilgan holda pishirish, dimlash, qovurish uchun ishlati-ladi.
Kabachki (qovoqning kichkina turi) va pattisonning o'rtacha pishgani pazandachilikda ishlatiladi. Ularning po'st qismi yumshoq va mazali bo'lib, urug'i qattiq bo'lmaydi. Qovoqcha yuviladi, bandi kesilib, po'sti tozalangach, yana yuviladi. Yirikroqlari ko'ndalangiga bo'linib, urug'i tozalanadi. Parrak-parrak yoki tilim-tilim kesilib, qovurishga ishlatiladi, kubik shaklida kesilganlari ragu, sabzavotli suyuq ovqat va suvda pishirish uchun ishlatiladi.
Bodring yangi holda saralanib, yuviladi. Sarg'aygan yoki po'sti qattiqlari tozalanadi. Uchi va bandi tomonidan biroz olinib, panak-parrak yoki tilim-tilim kesib salatlar uchun, mayda kubik yoki somoncha shaklida kesilganlari yaxna suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi. Yangi ko'k no'xat yoki ko'k loviya saralanib, qo'zoqchalari ikki yoqdan sindirilib paychoqchasi ajratiladi. Ko'k no'xat qo'zoqchasi bilan butun holda, ko'k loviya esa kvadrat yoki romb shaklida kesilib shu zahoti pishirish uchun ishlatiladi, chunki uning rangi tez qorayib qoladi. So'tali jo4xori band va uch tomonidan chopib tashlanib, po'sti, popugi tozalanib, yuviladi va rangi o'zgarmasligi uchun shu zahoti pishiriladi. Pazandachilikda so'tali jo'xorining sutli yoki biroz qotgan holdagisi ishlatiladi;


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma’lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80