Pishirishga tayyor mahsulot va konsentratdan tayyorlangan suyuq taomlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Bu turdagi suyuq oshlarni tayyorlash uchun tayyor konsentrat, sabzavot konservalari, sovutilgan va muzlatilgan pishirishga tayyor mahsulotlar ishlatiladi. Konsentrat va pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan suyuq oshlarning sifat darajasi yangi mahsulotdan tayyorlanganiga o'xshash bo'lishi kerak.
Pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan borshch. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga karam solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi. So'ng kartoshka solib, taom tayyor bo'lishidan 10—12 minut awal borshch dorivorisi solinadi. Tuz, ziravor taom tayyor bo'lishidan oldin solinadi. Tarqatishda chuqur likobchaga borshch, ustiga qaymoq va ko'kat solib beriladi. Borshch dorivorisidan kartoshka va karam, loviya, har xil go'sht mahsuloti qo'shib turli borshchlarni tayyorlash mumkin.
Pishirishga tayyor mahsulotdan tayyorlangan shi. Dimlab pishirilgan sho'r karam sovitilgach, qaynab turgan qaynatma yoki suvga solinib, qaynatilib, past olovda 10—15 minut davomida pishiriladi. Agar tez muzlatilgan dimlangan sho'r karam bo'lsa, uni chuqur tovaga sohb, ustidan 5—10 sm ko'madigan qilib qaynatma quyiladi. Isitib muzidan tushiriladi va shi tayyorlash uchun ishlatiladi. Tarqatishda likobchaga shi suzihb, ustidan qaymoq, ko'kat solib beriladi.
Konsentratdan tayyorlangan no'xatli suyuq osh. No'xatli suyuq osh uchun mo'ljallangan konsentrat idishidan bo'shatilib, qo'lda uvalab idishga solinadi, ustidan oz-ozdan iliq qaynatma quyilib, yaxshilab aralashtiriladi. So'ng qolgan qaynatma solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi, past olovda qaynatilib, iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda likobchaga suzilib ustidan sariyog' yoki margarin, ko'kat solib, alohida idishda qotirilgan bug'doy noni beriladi.
Konservalangan dukkakli mahsulotli kartoshka suyuq oshi. Konservali banka yuvilib, artilib, qopqog'i ochiladi. Qaynab turgan qaynatma yoki suvga kubik shaklida to'g'ralgan kartoshka solinib, yarim tayyor holga kelguncha qaynatiladi, jazlangan sabzavot, banka ichidagi konserva solinib, tuz, ziravor qo'shib, iste'molga tayyor holga kelguncha pishiriladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80