Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan taom va garnirlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Issiq taom yoki garnir tayyorlash uchun sabzavotlar bug' yoki suvda kartoshka, sabzi tozalanib, qizilcha po'sti bilan, jo'xori so'tasi bilan bargi olinmagan holda, ko'k loviya o'z po'chog'i va qo'zoqchalarida, ko'k no'xat o'z po'chog'i bilan, quritilgan sabzavotlar awal bo'ktirilgan holda pishiriladi.
Sabzavotlar qaynab turgan suyuqlikka solinib yoki ustidan qaynoq suyuqlik quyilib (sabzavot turiga qarab), tuz qo'shib (1 litr suvga 10 gramm miqdorida tuz solinadi), idish qopqog'i yopilgan holda qaynatib pishiriladi. Sabzavot yuzidagi suyuqlik 1—2 santimetrdan oshmasligi kerak, chunki mo'ljaldan ko'p suyuqlikda sabzavotlarning ozuqalik qimmati ko'plab yo'qoladi. Pishishini tezlashtirish va ta'mini o'zgartirmaslik uchun qizilcha, sabzi, ko'k no'xat tuz qo'shmay pishiriladi. Ko'k no'xat, loviya, ismaloq bargi, sarsabil, artishok miqdori ko'p qaynab turgan suvda (1 kg sabzavotga 3—4 litr suv solinadi) qopqog'i ochiq holda pishirilishi kerak. Shu usulda pishirilgan sabzavotning rangi ko'proq saqlanib qoladi. Tez muzlatilgan sabzavotlar muzdan tushirilmay, qaynab turgan suvga solib pishiriladi. Konservalangan sabzavotlar o'zidagi suyuqlik bilan isitiladi va suyuqligi to'kib olinib, suyuq osh, sardaklar uchun ishlatiladi. Kartoshka va sabzining ozuqalik qimmatini, mazasini ko'proq saqlab qolish uchun bug'da pishirgan ma'qul. Bug'da pishirish uchun maxsus bug' qozonlaridan yoki metall panjara, simdan yasalgan savat bilan jihozlangan oddiy qozonlardan foydalaniladi. Pishirilgan kartoshka. Tozalangan bir xildagi mayda kartoshka (yirigi to'g'raladi) qalinligi 50 sm qilib idishga solinadi, ustidan qaynoq suv quyib, tuz solinadi va olovga qo'yib qaynatiladi. Qaynab chiqqan olov pasaytirilib, idish qopqog'i yopilib, iste'molga tayyor holga yetkazib pishiriladi. Kartoshka pishgach, suyuqligi to'kilib, usti qopqoq bilan yopilib, past haroratda 2—3 minut plita ustida ushlab biroz quritiladi.
Ba'zi kartoshka navlari qaynatishda tez ezihb ketib, suvni shimib oladi. Natijada tayyor taomning mazasi yomonlashadi. Bunday kartoshkalar 15 minut qaynatil-gandan so'ng suyuqligi to'kilib, usti bekitilib, suvsiz qozonda paydo bo'lgan bug' bilan tayyor holga keltiriladi. Bochkacha shaklida kesilgan kartoshka ham shu usulda pishiriladi. Kartoshka kam porsiyalarda pishiriladi, chunki uzoq saqlash natijasida uning mazasi, ozuqalik qimmati yo'qoladi, rangi o'zgaradi. Pishirilgan kartoshkadan alohida taom yoki go'sht, baliq va boshqa taomlar uchun garnir sifatida foydalaniladi. Tarqatishda pishirilgan kartoshka tarelka, porsion tovaga qo'yilib, ustidan sariyog', smetana yoki alohida ko'kat bilan bezab beriladi. Bundan tashqari, pishirilgan kartoshkani piyozli qizil, kornishonli, tomat, smetana, piyozli smetana, qo'ziqorin sardaklari bilan tarqatish mumkin. Kartoshka pyuresi. Kartoshka pyuresini tayyorlashda tarkibida kraxmali ko'p bo'lgan kartoshka navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bir xildagi tozalangan kartoshka pishiriladi, suyuqligi to'kiladi, qopqog'i yopib quritiladi, issiq holida mashina yordamida eziladi. 80°C li sharoitda issiq kartoshka tarkibidagi kraxmal kleysteri elastik bo'lib, ezilganda o'z holatini saqlab qoladi. Sovib qolgan kartoshka to'qimasi dag'al boiib, ezganda tarkibidagi kraxmal donachalari yorilib, ajralib chiqadi. Shu sababli kartoshka pyuresi cho'ziluvchan, yopishqoq bo'lib, ko'rinishi va mazasi yomonlashadi. Ezilgan kartoshkaga eritib qizdirilgan sariyog' yoki margarin solinib, issiq sut qo'shilgan holda ko'pirarli darajada aralashtiriladi.
Tarqatishda kartoshka pyuresi likobchaga solinib, sariyog' quyib, ko'kat sepib beriladi. Kartoshka pyuresini yana qovurilgan piyoz, pishirib mayda chopilgan tuxum solingan holda yoki sariyog' aralashtirib berish ham mumkin. Ko'p hollarda kartoshka pyuresi go'sht, baliq taomlariga garnir sifatida qo'shib beriladi.
1 kg kartoshka pyuresi uchun: 855 g tozalangan kartoshka, 35 g sariyog', 150 g sut ishlatiladi. Sutda pishirilgan kartoshka. Kartoshkaning sutda pishishi qiyin. Shu sababli awal suvda yarim tayyor holgacha pishiriladi. Po'chog'i tozalangan kartoshka o'rtacha kubik shaklida to'g'raladi, ustidan qaynab turgan tuzli suv quyib 10 minut qaynatiladi, suyuqligi to'kilib, ustidan qaynab turgan sut solinadi, namagi me'yoriga keltirilib, tayyor holga kelguncha qaynatiladi. Kartoshkaga sovuq jazlangan un (un bilan sariyog' aralashmasi) solib, sekin aralashtirilgan holda qaynatiladi. Alohida taom yoki taomlarga garnir sifatida beriladi. Tarqatishda likobchaga solib, ustidan sariyog' quyib, ko'kat sepib dasturxonga tortiladi.
Sabzi yoki lavlagi pyuresi. Sabzi butun yoki mayda kesilib, oz suvda sariyog yoki margarin, tuz qo'shilgan holda qaynatiladi. Lavlagi po'chog'i bilan pishirilad so'ng po'sti tozalanadi. Sabzi yoki lavlagi mashinada ezilib, o'rta quyulikdagi si yoki smetana sardagi bilan aralashtirilib, qaynatib tayyor holga keltiriladi. Taor yoki garnir sifatida ishlatiladi. Tarqatishda likobchaga solinib, ustidan sariyog' yoki smetana quyib beriladi. Sabzi 170 g, lavlagi 159 g, oshxona margarini 5 g, sut sardagi 75 g, sariyog' 5 g, vol smetana 30 g, sof og'irligi 210, 230 g. Sardak yoki sariyog' bilan pishirilgan karam. Ertagi oq o'zakli karam tozalanadi yuvib o'zagi bo'ylab palladia shaklida kesilib, o'zagi ajratiladi. Gul karam ishlovdai o'tkazilib, bir xil o'lchovdagi gulchalarga ajratiladi. Bryussel karamining barglai kesib tashlanadi. Tayyorlangan karam qaynab turgan tuzli suvga solinib, olo balandlatilib qaynatiladi. Qaynab chiqqan karam rangining o'zgarmasligi uchui usti ochiq holda past olovda qaynatib iste'molga tayyo holga keltiriladi. Pishgai karam tarqatilguncha o'z suvida 30 minutgacha saqlanishi mumkin, undan uzo< vaqt davomida saqlansa rangi o'zgarib, mazasi yomonlashadi. Tayyor karamn ko'pik suzgich yoki chovlida suyuqligidan suzib olib, suvi silqitiladi.
Tarqatishda likobchaga solib, ustidan sariyog' yoki sardak (suxarniy, smetan; yoki sut) quyib beriladi. Sardakni alohida idishda berish ham mumkin. Oq o'zakl karamni shashka shaklida kesib pishirish va sariyog' yoki sardak bilan berish mumkin Agar gulkaram garnir sifatida ishlatiladigan bo'lsa, pishirishdan awa gulchalarining maydaroq xillari ajratiladi. Pishirilgan ko'k no'xat. Bu taomni tayyorlashda yangi, quritilgan, konser valangan, tez muzlatilgan ko'k no'xatlardan foydalaniladi. Yangi ko'k no'xa po'choqlaridan tozalanib, qattiq qaynab turgan tuzli suvga solinadi va shu qayno^ darajasida istemolga tayyor boiguncha pishiriladi. Tez muzlatilgan ko'k no'xat muzidan tushirilmay, qaynab turgan tuzli suvga solinib, 3—5 minut qaynatiladi Quritilgan ko'k no'xat saralab yuvilib, sovuq suvda 3—5 soat ivitiladi, yana yuvilib sovuq suvda 1—1,5 soat davomida past olovda qaynatiladi. Konservalangan ko'l no'xat o'z suyuqligida bir qay-natib ohnadi. Pishirilgan ko'k no'xat elak yoki alyumir g'alvirda suyuqligi silqitilib, idishga solinadi, sariyog' yoki suyuq sut sardagi bilar aralashtirilib, tuzi me'yorga keltiriladi va isitiladi. Alohida taom yoki go'sht, parranda. baUq taomlari uchun garnir sifatida ishlati-ladi.
Tarqatishda ko'k no'xat likobchaga solinib, ustiga yoki alohida kichik idishda sariyog' qo'yib beriladi. Yana pishirib mayda chopilgan tuxum solib yoki yoniga qovurilgan non bo'lagi qo'yib beriladi. Qovurilgan non bo'lagi uchun suvi qochgan bo'lka non qobig'i tozalanib, uchburchak, romb yoki yarim oy shaklida kesiladi, Sabzi 271 g, oshxona margarini 5 g, shakar 3 g, sariyog' 10 g yoki sardak 50 g. Sof og'irligi 210/250 g. Sut sardagiga aralashtirilgan sabzi va ko'k no'xat. Sabzi mayda kubik shaklida to'g'ralib, sariyog' yoki margarin qo'shib usti berkitilgan holda dimlab pishirib tayyor holga keltiriladi. Tez muzlatilgan ko'k no'xat tuzli, qaynab turgan suvga solinib, tez qaynash darajasiga ko'tarilib, 3—5 minut qaynatiladi. Konservalangan ko'k no'xat o'z suvida bir qaynatib olinadi va alyumin g'alvir yoki elakka solinib suyuqligi silqitiladi. Dimlab pishirilgan sabzi, ko'k no'xat bilan aralashtirilib, ustidan sut sardagi, tuz qo'shiladi va aralashtirib qizdiriladi. Tarqatishda likobchaga solinib, ustidan margarin sepib, alohida likobchada qovurilgan non bo'lagi qo'shib berish mumkin. Sabzi 136 g, margarnn 10 g, konservalangan ko'k no'xat 77 g yoki tez muzlatilgan ko'k no'xot 54 g, sardak 75 g, oshxona margarini 5 g. Sof og'irligi 230 g. Sardakli oq o'zakli karam. Oq o'zakli karam palladia shaklida to'g'ralib yoki har bir bargi ajratilib, qaynoq suvga botirib olinadi va shar shaklida o'rab, idishga bir qator teriladi. Oz miqdorda suv yoki qaynatma quyib, sariyog' yoki margarin, tuz qo'shib, idish qopqog'i yopilib iste'molga tayyor bo'lguncha dimla6 pishiriladi. Tarqatishda likobchaga solinib ustidan sut, smetana yoki tomatli smetana sardagi quyib beriladi. Agar karam garnir sifatida ishlatilsa, shashka shaklida to'g'ralishi mumkin. Sut sardagida dimlab pishirilgan sabzavotlar. Sabzi, sholg'om, qovoq, qovoqcha kubik yoki palladia shaklida to'g'raladi. Gulkaram maydaroq gulchalariga ajratiladi. Oq o'zakli karam shashka shaqlida to'g'raladi. Har bir sabzavot alohida dimlab pishiriladi. Konser-valangan ko'k no'xat o'z suvida bir qaynatib olinadi. Tayyorlangan sabzavotlar bir idishga solinib, ustidan o'rtacha quyuqlikdagi sut sardagi, tuz, shakar qo'shib aralashtiriladi va 1 —2 minut qaynatiladi. Sut sardagi o'rnida smetana sardagi ishlatilishi ham mumkin. Tarqatishda likobchaga suzib, ko'kat sepiladi, ustiga bir bo'lak sariyog' solinib, qovurilgan non bo'lagi bilan beriladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80