Pechenye

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Turli shaklli pechenye. Tuxum sarig‘i shakar va yog‘ bilan yaxshi-lab aralashtiriladi, un, ozgina vanilin qo‘shib xamir qoriladi. Qorilgan xamirdan turli shakllar kesib olinadi va qizitilgan gaz pechkasida 15—20 minut davomida pishiriladi. Tayyor pechyon-yeni idishlarga solib, yuziga qand upasi sepiladi.
Bunday pechenye tayyorlash uchun 200 g sariyog‘, 2 ta tuxum sarig‘i, 2 oshqoshiq shakar va qand upasi, 2 stakan bug‘doy uni, ozgina vanilin kerak bo‘ladi.
Tvorogli pechenye. Yumshoq sariyog‘ shakar bilan bo‘talanadi, so‘ng ko‘pirtirilgan tuxum solib aralashtiriladi. Bu aralashmaga ezilgan tvorog, un va iste’mol sodasi qo‘shib xamir qoriladi. Tayyor xamirni yoyib, undan turli shaklda pechenye qirqib olina­di va o‘rtacha olovda qizdirilgan gaz duxovkasiga qo‘yib pishiri­ladi.
Pechenye tayyorlash uchun 200 g un, 250 g tvorog, 125 g sariyog‘, 130 g shakar, 1 dona tuxum va bir chimdim iste’mol sodasi ishlatiladi. Limonli keks. Yumshatilgan yog‘, shakar, limon pusti archilib, vanilin bilan obdon aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga asta-sekin tuxum, tuz, sodali un qo‘shib yaxshilab atalanadi va xamir qoriladi. Tayyor xamir oldindan yog‘ surib qo‘yilgan qoliplarga (keks uchun qoliplar sotuvda bor) solinadi. Qolipning yarmidan ko‘p qismi xamir bilan to‘lishi zarur. So‘ng ustini tekislab, gaz pechiga oralarini ochiqroq qilib terib chiqiladi. Og‘irligi 100 g keks uchun pishish muddati 30 minut, undan og‘irroklari 40—50 minut davomida pishiriladi. Keks uchun 1 stakan bug‘doy uni, 100 g sariyog‘, 1 stakan shakar, 3 ta tuxum, yarimta limon, ta’bga ko‘ra tuz, iste’mol sodasi va vanilin kerak bo‘ladi.
Tvorogli keks. Yog‘, shakar va iste’mol sodasi yaxshilab atalan-gach, un qo‘shib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan xamir qumog‘i teng uchga bo‘linadi. So‘ng qumoklar idishga uch qavat qilib joylanib, har qavati orasiga krem quyiladi va gaz duxovkasida pishiriladi. Krem tayyorlash uchun tuxum shakar bilan aralashtiriladi va bu aralashmaga ezilgan tvorog hamda pichoq uchida vanilin qo‘shiladi. Keks uchun 3 stakan un, 1 stakan shakar, 1 choyqoshiq iste’mol sodasi, 200 g sariyog‘, kremiga esa 500 g tvorog, 5 ta tuxum, 1 stakan shakar kerak bo‘ladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80