Parranda va ilvasin go'shtlaridan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Parranda va ilvasinlardan butun (qovurib pishirish va qaynatib pishirish uchun), porsiyalangan, mayda chopilgan, qiymalangan pishirishga tayyor mahsulotlarni tayyorlash mumkin. Butun holdagi parranda va ilvasinlar yuqorida ta'riflangan usullardan birortasi bilan bog'langan holda tayyorlanib, qovurib yoki qaynatib pishiriladi.
Ragu — parranda tani porsiyasiga 2—3 dona hisobida, vazni 40—50 grammdan qilib chopib tayyorlanadi. Palov — parranda tani porsiyasiga 4—5 dona hisobida vazni 25—30 grammdan qilib chopib tayyorlanadi. Parranda va ilvasin to'sh go'shtidan tayyorlangan pishirishga tayyor mahsulotlar. Buning uchun parranda yoki ilvasin to'sh go'shti ajratilib, tozalanadi. Ishlovdan o'tgan parranda yoki ilvasin yelkasi bilan stol ustidagi taxtakachga qo'yilib, oyoqlari kishi tomoniga qaratilgan holda, to'sh, ko'krak va qorin terisi shilib olinadi, oyoqlari taxtakach ustiga bosib qo'yiladi. So'ng parranda tani 180°C ga aylantirilib, to'sh suyagining turtib chiqqan yeri bo'ylab bir tomonlama to'sh suyagi ustidagi go'shti ehtiyotlik bilan pichoqda shilinadi. Tomog'i atrofida joylashgan ayri suyagi chopiladi. Yelka suyagi ko'krak qafasi birlashgan yeridan paylari kesib go'shtiga ilingan holda ajratilib, bir bo'lak parranda lahm go'shti ajratiladi. Ikkinchi bo'lak lahm go'shti ham huddi shu usulda ajratiladi. Ajratilgan lahm go'sht tozalanadi. Buning uchun go'sht ichida o'z izi bilan ajralib turuvchi kichik bo'lak katta bo'lakdan ajratilib, kichik bo'lak ustidagi paylar shilib tashlanadi va go'shti to'qmoqda biroz yassilanib uriladi. Katta bo'lakdan ayri suyagi ajratiladi, yelka suyagi bilan qanot suyaklari birlashgan yeridan ajratilib, yelka suyagi go'shtga birlashgan yeridan biroz qoldiriUb, pay va go'shti suyagidan tozalanadi. Suyakning uzunligi 3—4 sm dan qilib qanot suyagi bilan birga qalinlashgan tomonidan chopib tashlanadi. Katta lahm bo'lagi sovuq suvga botiri ich tomoni yuqoriga qilib taxtakachga qo'yiladi va tashqi pardalaridan tozalanadi. Parranda lahm kotleti. Biroz urib tayyorlangan katta lahm bo'lagi 2—3 yeridan paylari kesilib, ich tomoniga kichik lahm bo'lagi joylashtiriladi, katta lahm bo'lagining chetlari buklanib kichik lahm berkitilgan holda oval shakli beriladi. Urvoqqa belangan parranda kotleti. Bu kotlet ham lahm kotletiga o'xshi pishirishga tayyor mahsulot holida tayyorlanib, lezonga botiriladi va urvoqqa belanadi.
Kiyevcha kotlet. Tozalangan yirik bo'lakli lahm to'qmoqchada yengilgina u yassilanadi, paylari kesiladi, teshik yerlari bo'lsa yumshatilgan lahm bo'laklari bilan yamaladi. Yirik lahm bo'lagining ich tomoni o'rtasiga tuxum shaklida sovitilgan sariyog' quyilib, usti kichik lahm bo'lagi bilan berkitiladi, atroflari yirik lal go'shti bilan o'ralgan holda uzunchoq tuxum shakli beriladi. Lezonga botirilib, urvoqqa belanadi, so'ng yana bir bor lezonga botirilib oq urvoqqa belangan holda ichidagi sariyog' erimasligi uchun sovitkichda saqlanadi. Parranda yoki ilvasin lahm go 'shtidan quyuq sut sardagi yoki jigar qiym tiqib kotletlar tayyorlanadi. Bunda yirik lahm bo'lagi suyagidan tozalanib, go'sht yassilanib ichkari tomonidan kesilib, to'qmoqchada biroz uriladi, paylari ke tashlanadi. Lahm o'rtasiga qiyma qo'yilib, usti kichik lahm bilan berkitiladi, uni ostidan tozalangan suyakning ingichka tomonini tashqariga chiqarib qo'yila Ilvasinlar uchun oyoq suyagi ishlatiladi. Yirik lahm go'shti bilan kichik lahm o'ral nok shakli beriladi, lezonga botirilib, oq urvoqqa belanadi. Qiyma tayyorlashda quyuq sut sardagiga oq qo'ziqorin yoki shampinon may chopilib, biroz tuz qo'shib aralashtiriladi, sardak tashqariga oqib ketmasligi uchi aralashmaga biroz tuxum qo'shi-ladi.
Kotlet massasi tayyorlash uchun tovuq, kurka, qirg'ovul, chil, kaklik, qur lahm go'shtlari ishlatiladi. Parrandaning biqin va son go'shti, ilvasinlarda to' go'shtlari suyaklardan, terisidan ajratiladi, so'ng go'sht qiymalovchi mashinadan ich yog'i bilan aralashtirilgan holda o'tkaziladi. Oq bo'lka non qobig'idan tozalani sutga bo'ktiriladi, suyuqligi siqilgandan so'ng parranda qiymasi bilan aralashtiri tuz qo'shilgan holda yana bir bor qiymalovchi mashinadan o'tkaziladi, quyu suyuqligiga qarab sut qo'shiladi, yaxshilab aralashtirilib, urib pishitiladi. Ilvasindan tayyorlangan kotlet massasiga yanchilgan murch qo'shish ham mumkin. Parranda ich yog'i o'rniga sariyog' yoki margarin qo'shib tayyorlash ha mumkin. Kotlet massasidan kotlet, yumaloq kotlet, zrazi, frikadelka va bosh( pishirishga tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Kotlet va yumaloq kotlet tayyorlash uchun parranda go'shtidan tayyorlangc qiyma porsiyaga bo'linib, oq urvoqqa belanadi va kotlet hamda yumaloq kotlet shakli beriladi. Agar yumaloq kotletni bug'lab pishirish mo'ljallansa, urvoqqa belanmaydi. Pojarsk kotleti uchun parranda go'shtidan tayyorlangan qiyma porsiyaga 3—4 dona hisobida bo'limb, biroz yassilangan tuxum shakli beriladi, qobiqsiz mayda kubik yoki somoncha shaklida kesilgan oq bo'lka non urvog'iga belanadi.
Qiyma go'sht uzmasi. Terisi va suyagidan tozalangan tovuq yoki ilvasin go'shti go'sht qiymalagichning mayda ko'zli panjazasidan 2—3 marta o'tkazilib, sut yoki qaymoqda bo'ktiriladi. Suyuqligi siqilgan qobiqsiz oq bo'lka non yoki qatlama xamir mahsuloti bilan aralashtirilib, tuz qo'shilgan holda yana bir bor go'sht qiymalagichdan o'tkaziladi. Yog'och o'qlov yordamida ezilib, so'ng elakdan o'tkaziladi va biroz sovitiladi. Ko'pirtiruvchi mashinada aralashtirilgan tuxum oqi qo'shiladi, ko'pirtirish paytida sut yoki qaymoq qo'shilgan holda yana bir bor ko'pirtiriladi va g'ovak mahsulot darajasiga kelguncha aralashitiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma go'sht uzmasiga tuz qo'shib aralashtiriladi. Mahsulot tayyor bo'lganini bilish uchun undan bir bo'lak uzib olib suvga solinadi. Agar u suv ustida suzib yursa qiyma go'sht uzmasi tayyor hisoblanadi. Tayyor qiyma go'sht uzmasi mayin, g'ovak xususiyatga ega bo'ladi. U ko'p miqdorda tayyorlanganda maxsus ezuvchi va ko'pirtiruvchi mashinalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Parranda va ilvasin go'shtidan tayyorlangan qiyma go'sht uzmasidan ikkita qoshiq yordamida bo'lingan holda yoki konditer qopchasidan chiqarib har xil shakldagi uzma oshlar tayyorlanadi va yog'langan formalarga solinib, bug'da pishiriladi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar



Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Axrorov Umid Bakirovich, Axrorov Shuhrat Umidovich "Taom tayyorlash texnalogiyasi". 2008 yil. Toshkent


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80