Ovsinlar

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Tug‘ishgan aka-ukalarning rafiqalari bir-biriga nisbatan ovsin hisoblanadilar. Aksariyat uzbek xonadonlarida ro‘zg‘orni bo‘lak qilishga sharoit bo‘lgan taqdirda ham ovsinlar muayyan davrgacha birga yashab, birga ro‘zg‘or tutadilar, bir qozondan ovqat yeydilar. Bunday birgalikda yashashda oqila qaynonalar katta tar-biyaviy asos ko‘radilar. Yangi kelin katta kelinlar — ovsinlari-ga ergashib tushgan yeriga tezroq o‘rganadi. Kelinlarga xos nozik muomala, munosabatni o‘rganishida kattalar unga o‘rnak va ibrat bo‘ladilar. Ovsinlar mehr-oqibatli va bir-birlariga hurmatli bo‘lsalar tug‘ishgan opa-singillardek qadrdon bo‘lib ketadilar. Ahil ovsinlar ro‘zg‘or bo‘lak bo‘lgandan keyin ham bir-birlariga hamkor, biri ikkinchisining yumushini yengil qiladigan, joni-ga oro kiradigan bo‘ladilar. Odatda kichik ovsin kattalarini «opa» deb ataydi.
Bir oila farzandlari bo‘lgan aka-ukalarning umrbod bir-birlariga mehribon, g‘amxo‘r, biri ikkinchisining suyangan togi bo‘lib qolishida ovsinlarning ahamiyati juda katta. Xalqimizda «Ovsinlar inoq bo‘lsa, og‘a-inilar chinoq bo‘lmas», degan maqol bor. Bu bejiz emas. Hayotda boshiga og‘ir ish tushgan vaqtda yoki ovsinlardan birortasi xastalanib qolganda go‘dak bolasini bosh-qa ovsin o‘z bolasiday ko‘krak suti berib boqib tarbiyalagan yoki biri farzand ko‘rmaganda boshqasi farzandini bergan hollar ko‘p uchraydi. Haqiqatan ham ovsinlar ahil bo‘lsalar, oqilona ish tutsalar, oiladagi kattalarning hurmat-izzatini joyiga qo‘ysalar, aka-ukalarning bir-birlariga hurmati, o‘rtadagi samimiyat barqaror bo‘ladi.
Aksincha, ovsinlarning noahilligi, bir-biriga g‘ayirligi oilaga nifoq soladi, mehribon aka-ukalarning bir-birlari bi­lan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishlariga olib keladi. Bunga turmush sharoiti, uy-joylarning yetishmasligi va hatto bolalarining bir-birlari bilan o‘yinchoq talashib urishib qolishi kabi arzimas narsalar ham bahona bo‘lishi mumkin. Bosiq va tarbiya kurgan ovsin bunday paytlarda mazkur holatdan akl va farosat bilan chiqib ketishga, ovsinlar o‘rtasidagi munosabatni buzmaslikka harakat qiladi va bunga yo‘l topadi.
Ovsinlar o‘rtasidagi nizo yoki kelishmovchilik, odatda, kalta o‘ylash va tushunmaslikdan kelib chiqadi. Deylik, bir xonadonda uch ovsin yashaydi. Qaynota va qaynona nazdida u (ovsin)larning kattasi — oyoq-qo‘li chaqqon, bilib-bilib ishini qiladi, yumush-dan charchamaydi, dam olishga ham, bolasini belash, yuvintirishga ham, eriga xizmat qilishga ham, xullas, hamma-hammasiga vaqt topadi. O‘rtanchasi ham aqli-husni joyida, nazokatli, hech ran qaytarmaydi, hech bo‘sh vaqti bo‘lmaydi — g‘imirlagani-g‘imirlagan, lekin ishida unum yo‘q — goh bolasi uzoq chirqillab qoladi, goh bir daqiqada qilsa bo‘ladigan ish o‘n daqiqaga cho‘zilib keta-di, na beshik toza bo‘ladi, na choy o‘z vaqgida qaynaydi va hokazo. Kenjasi — yosh, tapir-tupir, hamma ishni tez bajaradi, chopib yuradi, ziyrak, lekin tajriba kam, muomalada ham, munosabatda ham yoshlarga xos soddalik, dag‘allik bor. Demak, uch ovsin bir xil emas, ularning siyrati, gap-so‘zi va o‘zini tutishi ham har xil. Albatta, hammasini oilada bir qolipda ish yuritishga majbur etish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Oila boshlig‘i (qaynota va qaynona) umuman ulardagi yaxshi xislatlarni rivojlantirish, yomonlarini yo‘qotish haqida maslahat bersa, ovsinlar xafa bo‘lmasliklari kerak. Ota-ona uchun hamma farzand ham, ularning rafiqalari — kelinlar ham bab-baravar e’tiborga loyiq. Hayotda shunday ham bo‘ladi: ota-ona bir farzandini sharoitiga qarab uyli-joyli qiladi, boshqasiga qurbi yetmay qoladi. Buni farzandlar tushuna-di, lekin ovsinlar nazarida ota-ona farzandlarini baravar ko‘rmayotganday tuyulishi mumkin. Shunday hollarda ovsinlar aql bilan fikr yuritib, ota-ona uchun barcha farzand birdek azizli-gini va vaqti kelib imkon topilsa, ota-ona va o‘g‘illar ham bir-birlariga qarashib, birgalikda keyingilarini ham vatanlik qilishlarini tushunishlari l ozim. Zero ovsinlar ham farzand o‘stirayotganliklarini, ularni ham kelajakda shunday muammolar kutayotganligini unutmasliklari kerak.
Ovsinlarning (ya’ni aka-ukalarning ham) bir-birlariga qadr-qimmati, mehri so‘nmasligi uchun ularning ro‘zg‘orlari, uy-joy-larini imkon qadar alohida qilib bergan ma’qul. Eng muhimi — ovsinlar har qanday sharoitda ham bir-birlariga nisbatan sami-miy, beg‘araz va o‘zaro hurmat, xushmuomalada bo‘lsalar xonadondan fayz, qut-baraka va xushchaqchaqlik, inoklik hech qachon ko‘taril-maydi.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80