Ovqat hazm qilish, siydik chiqarish a’zolari

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Bolaning siydik chiqarish a’zolari tug‘ilganidan boshlab ishlaydi. Ko‘pgina bola­lar tug‘ilgan zahotiyoq siyadi. Dastlabki 2 kunda ichagidan yashil-roq, deyarli qop-qora yopishqoq, qora moyga o‘xshash modda — mekoniy keladi. 3-kunga borib najasining rangi oqarib, keyin normal sarg‘ish rangga aylanadi va quyuklashadi. Birinchi haftada boladan bir kunda 1—4 marta najas keladi. Aksariyat chaqaloklarda (o‘g‘li va qizda ham) ko‘krak bezlari shishib, agar uni siqilsa og‘iz sutiga o‘xshash suyuqlik chiqadi. Bu ona ko‘kragiga sut kelishini ta’minlaydigan gormonlarning pla­senta orqali bolaga o‘tishi oqibatida ro‘y beradi. Bu holatdan qo‘rqmang. Lekin chaqaloq ko‘kragini siqib suyuklikni chiqarib tashlash aslo mumkin emas. To‘g‘ri parvarishlab, ozodalikka rioya qilinsa bir necha kundan so‘ng shish o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Agar qiz bola siyganda bir-ikki tomchi qon ko‘rinsa ham qo‘rqmang, kam-dan-kam uchraydigan bunday holatlar tezda yo‘qoladi. Chaqaloq nimani eshitadi, nima ko‘radi va nimalarni his etadi? Uzoq davrlar mobaynida fanda chaqaloqsa ko‘rish, eshi-tish, his etish xususiyatlari ham borligi haqidagi fikr rad qilib kelingan edi. Lekin oxirgi 20—30 yil ichida olib boril-gan tadqiqotlar chaqaloqda ko‘pgina xususiyatlarning yetukligi, ta’sirchanlik va his etish xususiyatlarigacha rivojlanganligini isbotladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты