Osmos nima?

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Suv tomir orqali o‘simlik tanasiga qanday yetib boradi? Hazm bo‘lgan taom parchalari qanday qilib ichakdan qon tomirlariga o‘tadi? Xuddi shu jarayon ilm-fan tilida "osmos" deb ataladi.
Idishda ikki xil gaz bo‘lsa, ular bir-biri bilan tez aralashadi. Suyuqliklarda ham shu holat ro‘y beradi. Masalan, bir tomchi siyoh bir litr suvning rangini o‘zgartira oladi. Osmos jarayonida bunday "qovushish"lar membranalar, ya’ni o‘simlikning ingichka ildizchalarining yupqa devorlari yoki ichak devorlari orqali bo‘lib o‘tadi.
Membranalar "qovushish", ya’ni qo‘shilish jarayonini sekinlashtirishi mumkin, lekin uni to‘xtatmaydi. Osmosda tirik jonivorlarning membranalari bir xil moddalarni o‘tkazib, boshqalarini ushlab qoladi. Bunga qisman moddalarning tuzilishi sabab. Olimlar osmos jarayonida moddalarning erigan zarralari membrana molekulalari orasidan o‘tadi, deb taxmin qilishadi.
Membranaga suyuqlik zarralarining bosimi tushganda, ya’ni "osmotik bosim" sodir bo‘lganda erigan zarralar ko‘paygan tomonda osmotik bosim kuchliroq bo‘lgani uchun harakatning o‘zi bosim kam tomonga yo‘naladi, Lekin membranalar moddani ikkala tomonga teng o‘tkazgani uchun bu harakatlar ham ikki tomonlama ro‘y beradi. Bizning tanamizda ham, masalan, qon tomirlari membranasi moddalarni har ikki tomonga muntazam ravishda o‘tkazib turadi. Natijada, hazm bo‘lgan ozuqa qonga o‘tadi, ikki oksidli uglerod esa qondan o‘pka orqali chiqarib yuboriladi.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Hamma…Hamma narsa haqida" “Davr press” NMU 2012 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80