Oriyentobilxarsioz

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Oriyentobilxarsiozning qo‘zg‘atuvchisi trematodaturkestanika oriyentobilxarsiya hisoblanadi. U hayvonlarning qon tomirlarida tekinxo‘rlik qiladi. Uzunligi 6,4-12,9 mm., eni 0,093-0,64 mm. bo‘lib, erkagi urg‘ochisiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Uning biologik rivojlanishi ikkita xo‘jayin tanasida o‘tadi. Birinchisi - suv shilliqqurti, ikkinchisi - qo‘y-echki, qoramol, tuya, ot, eshak va boshqa hayvonlar tanasi hisoblanadi. Balog‘atga yetgan parazitlar qon tomirlarining yoriqlariga ko‘p tuxum qo‘yadi, ular hayvonlar axlati bilan tashqariga chiqadi. Tuxumlarda tayyor lichinkalar -miratsidiylar bo‘lib, ular faqat suvda ajralib chiqadi. Miratsidiylar o‘z xo‘jayinini, ya’ni shilliqqurtlarni juda faollik bilan izlaydi.
Miratsidiylar shilliqqurtlar organizmiga kirib, urg‘ochi sporotsistaga aylanadi. Ular ichida ko‘plab serkariylar shakllanadi. Ana shu lichinkalar oxirgi xo‘jayini bo‘lgan hayvonlarga yuqishi mumkin. Hayvonlarga bu lichinkalar botqoqlikdan iborat yaylovlarda yuqadi. Bunda serkariylar hayvonlar tanasiga terini teshib o‘tadi. Yosh parazitlar qon tomiriga, undan qorin hamda jigar tomiriga yetib oladi va 32-35 kunda balog‘atga yetadi.
Oriyentobilxarsiyalar parazitlik qilish jarayonida kasallangan hayvon organizmida salbiy o‘zgarishlar seziladi. Avvalo, hayvon juda oriqlab qoladi, juda kam oziq yeydi, mahsuldorligi keskin pasayib ketadi. Bu kasallikka bir necha mol bir vaqtning o‘zida uchrasa, asosan, yosh mollar halok bo‘ladi. Masalaning boshqa tomoni ham borki, bu trematodaning serkariylari odamlarda ham serkariozga sabab bo‘ladi. Bu kasallik tez paydo bo‘ladigan joylarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonda oriyentobilxarsiya serkariylari keltirib chiqaradigan serkarioz kasalligi bilan odamlarning og‘rishi tez-tez uchraydi. Odamlar bu kasallikka, asosan, yezda, ya’ni iyun-sentabr oylarida chalinadilar. Demak, oriyentobilxarsiozni paydo bo‘lgan joyida epizootologik va epidemiologik ahamiyatga molik muammo deb hisoblash zarur. Oriyentobilxarsioz Iroq, Eron, Hindiston, Pokiston, Turkiya va Mongoliya Xalq Respublikasida keng tarqalgan. Oriyentobilxarsioz manbalari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Uzoq Sharqda qayd qilingan.
Hozirgi paytda ayrim hududlarda oriyentobilxarsioz profilaktikasining biologik asoslarini ishlab chiqish yuzasidan keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kasallikning oldini olish uchun parazitning oraliq hamda oxirgi rivojlanish makoni bo‘lmish xo‘jayini orasidagi biologik tutash zanjirni uzib qo‘yish zarur. Bu tadbirni to‘liq amalga oshirish mumkin. Buning uchun mollarni og‘ilda boqish, xo‘jaliklarda mollarni sug‘orishni yo‘lga qo‘yish va ular ustidan tegishli veterinariya-sanitariya nazoratini o‘rnatish lozim.

Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. Gijjalarni davolash yo’llari. Toshkent 2006 y


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80