Ona bo‘lish arafasida

Материал из Wikipedia | Haqida
Перейти к: навигация, поиск

Onalik! Shu birgina so‘zning o‘zida qancha ma’no, qancha maz-mun bor. Tabiatning eng katta sir-asrorlaridan biri — insonning dunyoga kelishi. Odam Ato va Momo Havodan beri insoniyat bu sirning tagiga yetishga harakat qiladi. Aytish mumkinki, ko‘p narsani bilamiz ham. Homilaning paydo bo‘lishi, uning dastlab-ki hayoti sharoiti, o‘g‘il-qizligi, egizaklar qanday bunyod bo‘lishi haqida butun dunyoda qanchadan-qancha ilmiy asarlar yaratilgan. Xalq tabobati xazinalari ham bu to‘g‘rida behisob ma’lumotlarga ega. Biroq bolaning dunyoga kelish jarayonini qancha ko‘p bilsak, shuncha ko‘p sir hali ham ko‘ndalang bo‘laveradi. Taraqqiy etgan davlatlarning hammasida onalik va bolalikning muhofaza etishga alohida ahamiyat beriladi. Bu bejiz emas.
Chunki ayolning asosiy vazifasi, bir necha bor ta’kidlab o‘tgani-mizdek, insoniyat zanjirini bardavom ettirish ekan, demak onalik ham jamyyat hayotidagi muhim bir ish bo‘lib qoladi. O‘zini o‘zi bardavom etmagan, avloddan avlodga takomillashib, kamolot-ga yetib bormagan jamiyatning kelajagi bo‘lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan qaralganda onalikni boshqa hech bir vazifa bilan al-mashtirish mumkin emas. Ona bo‘lishlikning o‘ziga xos tashvish va hayajonlari bor. Farzand ko‘rish ilinji bo‘lajak onada so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydigan ulug‘ hamda muqaddas mehr va tuyg‘uni vujudga kelti-radi. Farzand — ota-onaning quvonchi, faxri, baxti. Er-xotinni bir-biriga payvand qiladigan ham farzanddir.
Bolaga mehr-muhabbat tuyg‘usi onalarda juda kuchli bo‘ladi. Ona o‘z bolasini tug‘ilmasidan ancha avval sevishga va unga joni-ni ham berishga qodir zot. Aslida ham o‘zi shunday. Chunki bola paydo bo‘lganidan tug‘ilgunga qadar u onasi hisobiga oziqlanadi, rivojlanadi. «Ona o‘z jonidan jon, o‘z tanidan tan ato etadi», deb bejiz aytishmagan. Onalikning ulug‘lanishi, uning ta’rifi-ga Qur’onu hadislarda ham katta o‘rin berilishi shundan.


Bo’limga tegishli boshqa maqolalar


Adabiyotlar va manbalar ro`yxati

1. "Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi" O'zbekiston milliy ensiklopediyasi-Davlat ilmiy nashriyoti 2010 yil. Toshkent
2. (Arxiv.uz/ Ma`lumotlar ombori)


Личные инструменты
Пространства имён

Варианты
Действия
Навигация
Инструменты
301 Moved Permanently

Moved Permanently

The document has moved here.


Apache/2.4.10 (Debian) Server at link.topbuyjp.com Port 80